Qozog‘iston Parlamentida ijtimoiy tarmoqlarni tartibga solish taklif qilindi

© IA Novosti-KazaxstanParlament Respubliki Kazaxstan
Parlament Respubliki Kazaxstan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.03.2021
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoqlarni tartibga solish - so‘z erkinligini buzish emas, balki ularni qonunch doirasiga kiritish va mas’uliyatini oshirishdir - senator.
TOShKENT, 31 mar - Sputnik. Qozog‘istonda ijtimiy tarmoqlarni tartibga solish borasida alohida qonun qabul qilish zarur, dedi Qozog‘iston Parlament Senatida deputat Bakitjan Jumagulov. Bu haqida Rasmiy xabarlar telegram kanali zakon.kzga asosan xabar qilmoqda.
"Biz yoshlarni mehnatsevar qilib tarbiyalashimiz lozim. Pandemiya sharoitida dunyoda, shuningdek, g‘oyaviy viruslar ham tarqamoqda. Yolg‘on axborot ushbu virusni shu zahoti ijtimoiy tarmoqlar orqali yetkazadi. Shuning uchun, biz ijtimoiy tarmoqlar to‘g‘risida qonun qabul qilishimiz kerak", — dedi Jumagulov
Qozog‘istonlik senator bunday qonun so‘z erkinligini buzish emas, balki ijtimoiy tarmoqlarni qonunchilik doirasiga kiritish va foydalanuvchilarning qonun oldida mas’uliyatini oshirish ekanini alohida ta’kidlab o‘tdi.
"Globallashuv davrida ba’zi yoshlar qanday qilib g‘arbning nomaqbul guruhlari ta’siriga tushib qolganini hatto sezmay ham qoladilar. Ular miyalari zaharlanishi oqibatida qafasgatushadilar. Shu tarzda kognitiv texnologiyalar jamoatchilik ongiga ta’sir ko‘rsatish vositasiga aylanadi. Biz uchun milliy manfaat va milliy qadriyatlarimizni himoya qilish — eng muhim boylikdir", — deya ta’kidladi senator.
Yangiliklar lentasi
0