Sport

“Ufa” muxlislari Oʻrunovni fevral-martning eng yaxshi futbolchisi deb topdi

© FC Ufa / Futbolnыy klub "Ufa"Match "Ufa" - "Lokomotiv"
Match Ufa - Lokomotiv - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.03.2021
Oʻzbekistonlik hujumchi Oston Oʻrunov nomzodiga soʻrovda ishtirok etganlarning 45 foizi ovoz bergan.
TOSHKENT, 31 mar — Sputnik. Rossiyaning “Ufa” futbol klubi muxlislari Oston Oʻrunovni fevral-mart oylaridagi eng yaxshi futbolchisi deb topdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Oʻzbekistonlik hujumchi nomzodiga soʻrovda ishtirok etganlarning 45 foizi ovoz bergan.
“Ostonni Ufa”ga qaytgandan keyingi birinchi unvon bilan qutlaymiz va yanada kuchliroq boʻlishini tilaymiz”, - deyilgan xabarda.
Oston Urunov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.02.2021
Sport
Oston Oʻrunov yana “Ufa”ga qaytdi
20 yoshli oʻzbekistonlik futbolchi fevral-mart oylarida 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Shuningdek, 12 marta toʻpni tutib olgan, 29 marta raqibni aldab oʻtgan hamda 86 foiz aniq uzatmani oʻz hisobiga yozdirgan.
Ikkinchi oʻrinni klub hujumchi Timur Jamaletdinov egallagan. Darvozabon Aleksandr Belenov uchinchi oʻrinda qayd etilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala