“Ufa” muxlislari O‘runovni fevral-martning eng yaxshi futbolchisi deb topdi

© FC Ufa / Futbolniy klub "Ufa"Match "Ufa" - "Lokomotiv"
Match Ufa - Lokomotiv - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.03.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik hujumchi Oston O‘runov nomzodiga so‘rovda ishtirok etganlarning 45 foizi ovoz bergan.
TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Rossiyaning “Ufa” futbol klubi muxlislari Oston O‘runovni fevral-mart oylaridagi eng yaxshi futbolchisi deb topdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar qilmoqda.
O‘zbekistonlik hujumchi nomzodiga so‘rovda ishtirok etganlarning 45 foizi ovoz bergan.
“Ostonni Ufa”ga qaytgandan keyingi birinchi unvon bilan qutlaymiz va yanada kuchliroq bo‘lishini tilaymiz”, - deyilgan xabarda.
Oston Urunov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.02.2021
Oston O‘runov yana “Ufa”ga qaytdi
20 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi fevral-mart oylarida 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Shuningdek, 12-marta to‘pni tutib olgan, 29-marta raqibni aldab o‘tgan hamda 86 foiz aniq uzatmani o‘z hisobiga yozdirgan.
Ikkinchi o‘rinni klub hujumchi Timur Jamaletdinov egallagan. Darvozabon Aleksandr Belenov uchinchi o‘rinda qayd etilgan.
Yangiliklar lentasi
0