Iqtisod

Atabek Nazirov Oʻzbekiston toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi bosh direktori boʻldi

© Agentstvo po razvitiyu rыnka kapitalaDirektor Agentstva po razvitiyu rыnka kapitala Atabek Nazirov
Direktor Agentstva po razvitiyu rыnka kapitala Atabek Nazirov  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.04.2021
Oʻzbekiston Respublikasining toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi rahbari lavozimiga Atabek Nazirov tayinlandi.
TOSHKENT, 1 apr — Sputnik. Atabek Nazirov investitsiyalar va tashqi savdo vazirining maslahatchisi - Oʻzbekiston toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi bosh direktori etib tayinlandi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Ushbu Jamgʻarma raqobatbardosh mahalliy kompaniyalarga investitsiyalar kiritish, shuningdek, xususiy mahalliy va xorijiy investorlar bilan uzoq muddatli oʻzaro foydali sheriklik munosabatlarini yoʻlga qoʻyish maqsadida tashkil etilgan.
Jamgʻarmaning asoschisi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hisoblanadi, faoliyati esa Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Shavkat Mirziyoyev na soveщanii 23 dekabrya 2020 goda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.12.2020
Iqtisod
Investitsiyalarni oʻzlashtirish samaradorligi oshiriladi - prezident
Nazirov 1975 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, 1998 yilda makroiqtisodiyot ixtisosligi boʻyicha AQShdagi Nyu-York davlat universitetini tamomlagan. U investitsiya sohasida katta tajribaga ega, AQShdagi “Goldman Sachs” va “JPMorgan Chase”, Rossiyadagi “Troyka Dialog” va MDM-Bank kabi yirik moliyaviy va investitsiya kompaniyalarida, shuningdek, London shahrida Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankida ishlagan.
U Oʻzbekistonda oʻz faoliyatini 2018 yilda innovatsion rivojlanish vazirining oʻrinbosari lavozimida boshlagan, keyinchalik Xalq taʼlimi vazirining oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritgan. 2019 yilning yanvar oyidan buyon Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori lavozimida ishlab kelgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala