Siyosat

Ikki viloyat bosh soliqchilari oʻzgardi

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishMujchina s portfelem
Mujchina s portfelem - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.04.2021
Andijon va Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmalariga yangi rahbarlar tayinlandi.
TOSHKENT, 1 apr — Sputnik. Ravshanjon Nasimov Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Davlat soliq qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Nasimov 1971 yilda Samarqand viloyatida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy. 1993 yilda Toshkent moliya institutini iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
© Press-slujba GNK UzbekistanaRavshanjon Nasimov
Ravshanjon Nasimov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.04.2021
Ravshanjon Nasimov
U bunga qadar Navoiy viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Shuningdek, Anvarjon Botiraliyev Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Botiraliyev 1977 yilda Fargʻona viloyatida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy. 2001 yilda Fargʻona davlat universitetini iqtisodiyot mutaxassisligi, 2004 yilda Bank-moliya akademiyasini soliqlar va soliqqa tortish mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
© Press-slujba GNK UzbekistanaAnvarjon Botiraliyev
Anvarjon Botiraliyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.04.2021
Anvarjon Botiraliyev
U ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Fargʻona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Ravshanjon Nasimov va Anvarjon Botiraliyev Soliq xizmatining I darajali maslahatchisidir.
Ularni ushbu lavozimlarga tayinlash toʻgʻrisidagi farmoyishga prezident Shavkat Mirziyoyev imzo chekkan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala