Kolumnistlar

Jurnalistlarni taʼqib qilish: Gʻarb Boltiqboʻyi davlatlari yutuqlariga havas qiladi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Fotobankka oʻtishChlen Obщestvennoy palatы RF, jurnalistka Mariya Butina v odinochnom pikete v zaщitu svobodы slova v podderjku russkoyazыchnыx jurnalistov Latvii vozle Doma priyemov MID Rossii.
Chlen Obщestvennoy palatы RF, jurnalistka Mariya Butina v odinochnom pikete v zaщitu svobodы slova v podderjku russkoyazыchnыx jurnalistov Latvii vozle Doma priyemov MID Rossii. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.04.2021
Boltiqboʻyi respublikalari rusiyzabon jurnalistikasiga qarshi hujumlarini davom ettirmoqda - buni topagʻonlik va zavq bilan qilishmoqda.
Kechagi kun birdaniga ikkita yangilik olib keldi. Estoniyada huquq himoyachisi, publitsist, Baltnews axborot agentligi muallifi Sergey Seredenko davlatga qarshi faoliyatda ayblanib hibsga olindi. Latviya Bosh prokuraturasi esa Baltnews va Sputnik Latviya portallari bilan hamkorlik qilgan (ikkalasi ham “Rossiya segodnya” XAA media guruhiga kiradi) va Yevropa Ittifoqining sanktsiyalar rejimini buzganlikda ayblanayotgan jurnalist Alla Berezovskayaga qarshi ochilgan jinoiy ishini yopishni rad etdi.
Gimnaziyada koʻcha supuruvchi boʻlib ishlagan (ijtimoiy faoliyati tufayli oʻz mutaxassisligi boʻyicha ishga kira olmagan) va publitsistik maqolalar yozgan Seredenko qanday qilib "chet davlatning koʻrsatmasi bilan Estoniyaga qarshi qaratilgan jinoyat qilgani”, tushunarsiz. Uning ishi boʻyicha ayblovchi tomon pozitsiyasining tafsilotlari hali maʼlum emas.
Odinochnыe piketы u posolstva Latvii v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.02.2021
Jamiyat
Butina latviyalik rusiyzabon jurnalistlarni qoʻllab-quvvatlab piketga chiqdi
Biroq Latviya prokuraturasi Berezovskaya va uning hamkasblari tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning mohiyatini nimada koʻrayotganiga oydinlik kiritdi. Gap "Rossiya segodnya" axborot agentligi bosh direktori Dmitriy Kiselevga qarshi YEI tomonidan qoʻyilgan shaxsiy sanktsiyalar haqida. Maʼlumki, bular qora roʻyxatga kiritilgan shaxsning tegishli boʻlib, uning mamlakatga kirishini taqiqlash va u yerdagi aktivlarini muzlatib qoʻyishni nazarda tutadi (agar mavjud boʻlsa, albatta).
Cheklovlar oʻz nomi bilan shaxsiy xususiyatga ega boʻlishi alohida taʼkidlangan. YEIning sanktsiyalar toʻgʻrisidagi reglamentida "sanktsiyalangan shaxslarga har qanday mablagʻ yoki xoʻjalik resurslarni toʻgʻridan-toʻgʻri va bilvosita yetkazib berishni taqiqlash"ni nazarda tutilgan.
“Rossiya segodnya” XAA - xususiy emas, balki davlat korxonasi. Dmitriy Kiselev uning egasi hisoblanmaydi, u - yonlanma xodim. Umuman na media guruhi, na uning boʻlinmalari Gʻarb santsiyalar roʻyxatida hech qanday koʻrinishda qatnashmagan.
Keyinchalik huquqiy kazuistika (chigal yoki shubhali daʼvolarni toʻgʻriga ustalik bilan chiqarish, ustomonlik) boshlanadi.
Alla Berezovskaya va uning hamkasblari Baltnews va Sputnik Latviya uchun yozgan maqolalar Latviya huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan ular sanktsiyalangan shaxsga taqdim etgan xoʻjalik resurslar sifatida qaralmoqda. Umuman olganda jurnalistik matnlar shunchaki "xoʻjalik resursi" parametrlariga mos kelmaydi, degan advokatning eʼtirozi prokuratura tomonidan rad etildi. Xoʻsh, alohida savol tugʻiladi – jurnalistlar, oʻzlari shuʼba OAVda ishlagan bir paytda, katta media tuzilmasi rahbariga nisbatan qoʻllanilgan sanktsiyalar toʻgʻrisida bilishga majburmi.
Huquqiy loʻttibozlikdan tashqarida, vaziyat ancha sodda va ravshanroq koʻrinadi: Boltiqboʻyi davlatlarida rus nashrlar va rusiyzabon jurnalistlarning taʼqib etilishining zamirida - faqat siyosiy tub sabablar. Ushbu davlatlar hukumatlari milliy xavfsizlikka tahdid soladigan kuch sifatida qaralib, ularga qarshi kurashishni maqsad qilib olgan.
Odinochnыe piketы u posolstva Latvii v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.01.2021
Dunyoda
Faollar Latviya elchixonasi oldida yakkaxon piket uyushtirishdi
Biroq, OAV va ularning xodimlariga bunday qarash, albatta, bu davlatlardagi yuzaga kelgan vaziyat haqida juda koʻp narsani aytadi.
Shu bilan birga, faqat Boltiqboʻyi davlatlari hukumatlarini qoralash adolatsiz boʻladi. Oxir oqibat, ularning faoliyati Gʻarbning eng zamonaviy va aktual tendentsiyalariga batamom va toʻliq mos keladi. U yerda - ayniqsa okeanning narigi tomonida, ommaviy axborot vositalarini norozilardan global tozalash odatiy tendentsiyaga aylandi, soʻz erkinligi anʼanalari esa tezda unutilgan.
Faqatgina farq tafsilotlarda. Boltiqboʻyi davlatlari uchun – joʻgʻrofik joylashuv, tarix va ijtimoiy omillar tufayli "Rossiya tahdidi" birinchi oʻrinda turadi. Amerika AQSH va Gʻarbiy Yevropa koʻproq oʻzlarining "reaktsionerlari" bilan kurashishga koʻproq eʼtibor berishadi. Biroq, ular Kremlning “media-paypaslagichi” haqida esdan chiqarishmaydi.
Bu yerda, aksincha, yana bir narsa qiziq: Boltiqboʻyi qoʻshnilarining tanlangan yoʻlda Gʻarb yetakchilariga qaraganda ancha katta yutuqlarga erishish uchun yaxshi imkoniyati bor. Nomaqbul jurnalistlar va butun OAVlar ogʻzini yopish mumkin - Gʻarb soʻnggi yillarda bunga juda koʻp misollarni koʻrsatdi.
Lavrov: Rossiya ne sobirayetsya vklyuchat Karabax v svoy sostav - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.01.2021
Dunyoda
Latviyada Baltnews.lv va Sputnik'ga bosim oʻtkazishni toʻxtatishni talab qilamiz - Lavrov
Bundan tashqari, ijtimoiy media dunyosida ham yuqori darajadagi birdamlikni saqlab qolish mumkin edi. Yaqindagi ijtimoiy tarmoqlarni trampistlardan tozalash va konservativ platformalar uchun kislorodning yopish oʻz samaradorligi bilan katta taassurot qoldirdi.
Ammo bularning barchasi muammoni tubdan hal qilmaydi. Noqulay va "notoʻgʻri" fikrlarni butunlay ezib tashlay olmaysiz, chunki ularning ortida jamiyatning muhim qismi, millionlab odamlar turibdi. Odamlar oʻzlari haqida baland ovoz bilan tanitish va ularni eshitishga majbur qilish yoʻlini topishadi.
Aynan Boltiqboʻyi davlatlari bu yerda juda katta ustunlikka ega. Ularda odamsiz qolish tez surʼatlarda rivojlanib bormoqda. Bu nafaqat rusiyzabon aholi, balki mahalliy aholiga ham tegishli.
Fuqarolarning (fuqaro boʻlmaganlarning) eng faol va mehnatkash qismi yaxshiroq hayot izlab mamlakatdan tinimsiz oqim boʻlib ketganda, davlatning faoliyati koʻp jihatdan ancha osonlashadi. Aholi esa amaldorlar uchun juda katta noqulaylik.
Bu yerda esa faqat tinchlik va osoyishtalik. Hukumat qarorlari hech qaysi biri jamoatchilik noroziligini keltirib chiqarmaydi. Oʻz huquqlari uchun kurashadiganlar yoʻq. Quvgʻin qilingan jurnalistlarni himoya qiladigan odam ham yoʻq. Byurokratik apparat uchun hayot yoqimli va qulay boʻlib qoladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy sohada davlat uchun oʻta noqulay jarayonlar rivojlanib borishi esa bu shunchaki mayda-chuyda narsa. Qoʻshnilarimiz tajribasi koʻrsatib turibdiki, bu hech qanday tarzda davlat apparatining gullab-yashnashiga va "haqiqiy toʻlaqonli davlat" koʻrinishini saqlashga taʼsir qilmaydi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala