Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Kolumnistlar

Kim Yevropani mustaqillik vaktsinasi bilan emlaydi?

© Sputnik / Igor Zarembo / Fotobankka oʻtishFlagi Yevrosoyuza i Germanii u zdaniya Reyxstaga v Berline
Flagi Yevrosoyuza i Germanii u zdaniya Reyxstaga v Berline - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.04.2021
Ukraina yoki Eron masalasida Yevropada mustaqil qaror qabul qiladigan rahbarning oʻzi yoʻq. Shuning uchun ham ular bilan muzokaralar olib borish - natija bermaydi.
Vladimir Putinning Angela Merkel va Emmanuel Makron bian bilan boʻlib oʻtgan muzokaralari ham kutilgan ham kutilmagan boʻldi. Seshanba kuni videoanjuman shaklida boʻlib oʻtgan muzokaralar sanasi oldindan belgilanmagan edi. Zelenskiy 2 haftadan buyon “normand formatidagi” anjumanda ishtirok etish istagini bildirgan boʻlsa-da, uni hech kim taklif qilmadi – bu bilan Kreml Donbassda tinchlikni buzayotgan tomon bilan muzokaralar bizga kerak emas, deganday boʻldi.
Putin Merkel va Makron bilan toʻgʻridan-toʻgʻri gaplashmadi, lekin ular orasida soʻnggi marotaba boʻlib oʻtgan muzokaralardan soʻng, vaziyat nafaqat Donbassda, balkim Rossiya Gʻarb munosabatlarida ham jiddiy muammolar paydo boʻldi. Baydenning hukumat boshiga kelishi va Navalniy qamoqqa olinishi vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Moskva Yevropa Ittifoqi bilan muzokaralar muzlatib qoʻyilganini va bu uning tashabbusi boʻlmganini toʻgʻridan-toʻgʻri eʼlon qildi.
Flagi  Rossii i Yevrosoyuza - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.02.2021
Kolumnistlar
Rossiya va Yevropa Ittifoqi: ajrashish muqarrarmi?
Shu bilan birga Yevropaning alohida davlatlari oʻzlarining Moskva bilan munosabatlarini toʻxtatib qoʻya olmasliklarini, balkim aksincha, oʻz manfaatlaridan kelib chiqqan holda, faol sharqiy siyosat kerakligini juda yaxshi tushunishadi. Lekin Rossiya bilan muzokaralar boʻlmasa ushbu siyosatni qanday oʻtkazish mumkin?
Ana shuning uchun ham uch davlat rahbarlari bir talay mavzular boʻyicha gaplashib olishdi. Ukrainadan boshlab Liviyagacha, Rossiya vaktsinasidan tortib Erongacha. Hatto Navalniy va Lukashenkoni ham esdan chiqarishmadi. Lekin hech bir masala boʻyicha jiddiy oldinga siljish kuzatilmadi.
"Sputnika V" vaktsinasini Yevropada roʻyxatdan oʻtkazish va ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha ishlar boshlangani haqidagi xabar ham kutilgan edi, chunki Yevropa undan manfaatdor va bu masalani hal qiish uning qoʻlidan keladi. Lekin Eron yoki Ukraina masalasini hal qilishga YEIning vakolati yoʻq.
Makron va Merkel Rossiyadan ancha vaqtdan beri “Ukrainada oʻt ochishni toʻxtatib tinchlikka erishish, Minsk shartnomasining bajarilishini” soʻrashmoqda. Ular Putinga “normand toʻrtligi” formatida uchrashuv oʻtkazishni va unga Zelenskiyni ham taklif qilishni soʻrashmoqda. Lekin hozircha buning iloji yoʻq. Undan tashqari Putin Donbassdagi tutashuv chizigʻida Ukraina tomonidan tinchlikni buzishga qaratilgan qurolli toʻqnashuvlar, provokatsiyalar amalga oshirilayotganidan xavotirda eknini maʼlum qildi.
 Sputnik V (Gam-KOVID-Vak) dlya vaktsinatsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.02.2021
Dunyoda
Yevropa Ittifoqi “Sputnik V” vaktsinasini roʻyxatdan oʻtkazish arizasini qabul qildi
Berlin va Parij Ukrainani Donbassda konstitutsion reforma oʻtkazishga majburlashga tayyor emas. Lekin busiz muzokaralarda biror nimaga kelishishning imkoni yoʻq. Bundan buyon Kiyev yangi urushni boshlashni roʻkach qilib oʻzi istagan narsaga erisha olmaydi – Makron va Merkel unga Putinni bunday yoʻl bilan muzokaralarga jalb qilib boʻlmaslini tushuntirib berishlari kerak.
Belorussiya mavzusidagi suhbat ham hech qanday natijaga olib kelmadi. “Erkin saylovlar” haqidagi Ushbu mavzu endi boshlanganda Putin - suveren davlatning ichki ishlariga aralashib boʻlmasligini qatʼiy takidlab oʻtdi.
Aleksey Navalniy masalasini muhokama qilish ham oʻxshash tarzda boʻlib oʻtdi. Makron va Merkel Putin eʼtiborini Navalniy huquqlarini Yevropa konventsiyasiga muvofiq himoya qilish kerakligini, qamoqxonada uning sogʻligʻiga eʼtibor berish kerakligini taʼkidlashdi.
Ha, qanchalik gʻamxoʻrlik qilinmasin, Navalniyni Rossiyada baribir xorijiy davlat manfaati yoʻlida ishlaydigan odam deb qabul qilinadi. Bu voqea allaqachon Rossiya va Yevropa munosabatlariga ancha putr yetkazdi. Navalniy masalasi boʻyicha Rossiya bilan hech qanday murosaga kelib boʻlmaydi. Putinga bosim oʻtkazish uchun bu masaladan foydalanish esa - mutlaq befoyda. Yevropaliklar shuni tushunisharmikan? Rossiya hech kimni oʻz ichki ishlariga aralashishiga yoʻl qoʻymaydi, jumaladan Navalniy atrofidagi vaziyatdan foydalanib ham.
Sudno-truboukladchik Fortuna - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.01.2021
Dunyoda
AQSH “Shimoliy oqim-2”ga qarshi yangi sanktsiyalar joriy etdi
Ushbu muzokaralarda Putin aytgan hal qiluvchi fikr mana shu boʻldi: “Biz YEI bilan siyosatdan xoli boʻlgan normal munosabatlarni tiklashga tayyormiz, agar qarama-qarshi tomondan bunga yetarli darajada qiziqish namoyish etilsa”. Ha, aynan siyosatdan xoli, yaʼni mana shunday bosim va manipulyatsilardan xoli boʻlgan. Biz sizning ichki ishlaringizga aralashmayapmizku, nega siz bizni ishimizga aralashasiz? Hammasi juda oddiy - xohish boʻlsa, dialog ham boʻladi.
Ochigʻini aytganda hozir Yevropada gaplashadigan rahbarning oʻzi yoʻq. Hozir Merkel ham Makron ham koʻproq oʻz davlatlaridagi ichki vaziyat bilan mashgʻul. Kuzda Merkel lavozimini topshiradi. Uning asosiy vazifasi - lavozimni oʻz partiyadoshiga yoki ittifoqdoshiga topshirish. Bu esa oson emas, Germaniya ichki siyosatida kurash qizgʻin tus olgan. Makronni boʻlsa kelgusi bahorda prezident saylovi kutmoqda. Unda uning qayta saylanishiga kafolat yoʻq, chunki raqib – muxolifatchi va aksilelita gʻoyalar tarafdori - Marin Le Pen.
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.03.2021
Kolumnistlar
Koronavirus va Rossiya bilan kurashda YEI laycha rolini oʻynamoqda
Germaniya har qanday rahbar bilan oʻz davlati manfaatlari yoʻlida “Shimoliy oqim -2” ni himoya qilishi kerak va shunday qiladi ham, lekin nima sababdan u Rossiyaga qarshi boshlangan “Ukraina” oʻyinida anglosakslar tomonida turib olgan? Bu oʻyin Berlinning yoki Parijning qaysi manfaatiga xizmat qiladi?
Ushbu masala hal qilinmas ekan, Moskva Yevropaning har qanday rahbarini mustaqil boʻlmagan siyosatchi, geosiyosiy imkoniyati va suvereniteti cheklangan rahbarlar deb qabul qiladi.
Bizda yillar davomida shakllangan va yaqinda qayta tiklangan “tashqi aralashuvga qarshi” immunitet bor. Yevropaliklarda esa ushbu xususiyat ancha boʻshashib qolgan. Ularga hech qanday "Sputnik V" ham yordam bera olmasa kerak.
Oʻz “sogʻligʻi” bilan shugʻullanishni boshlashga hech qachon kech emas. Asosiysi – oʻz diagnozini bilish va tan olish kerak.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala