Kim Yevropani mustaqillik vaksinasi bilan emlaydi?

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishFlagi Yevrosoyuza i Germanii u zdaniya Reyxstaga v Berline
Flagi Yevrosoyuza i Germanii u zdaniya Reyxstaga v Berline - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.04.2021
Obuna bo‘lish
Ukraina yoki Eron masalasida Yevropada mustaqil qaror qabul qiladigan rahbarning o‘zi yo‘q. Shuning uchun ham ular bilan muzokaralar olib borish - natija bermaydi.
Vladimir Putinning Angela Merkel va Emmanuel Makron bian bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralari ham kutilgan ham kutilmagan bo‘ldi. Seshanba kuni videoanjuman shaklida bo‘lib o‘tgan muzokaralar sanasi oldindan belgilanmagan edi. Zelenskiy 2 haftadan buyon “normand formatidagi” anjumanda ishtirok etish istagini bildirgan bo‘lsa-da, uni hech kim taklif qilmadi – bu bilan Kreml Donbassda tinchlikni buzayotgan tomon bilan muzokaralar bizga kerak emas, deganday bo‘ldi.
Putin Merkel va Makron bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri gaplashmadi, lekin ular orasida so‘nggi marotaba bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng, vaziyat nafaqat Donbassda, balkim Rossiya G‘arb munosabatlarida ham jiddiy muammolar paydo bo‘ldi. Baydenning hukumat boshiga kelishi va Navalniy qamoqqa olinishi vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Moskva Yevropa Ittifoqi bilan muzokaralar muzlatib qo‘yilganini va bu uning tashabbusi bo‘lmganini to‘g‘ridan-to‘g‘ri e’lon qildi.
Flagi  Rossii i Yevrosoyuza - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.02.2021
Rossiya va Yevropa Ittifoqi: ajrashish muqarrarmi?
Shu bilan birga Yevropaning alohida davlatlari o‘zlarining Moskva bilan munosabatlarini to‘xtatib qo‘ya olmasliklarini, balkim aksincha, o‘z manfaatlaridan kelib chiqqan holda, faol sharqiy siyosat kerakligini juda yaxshi tushunishadi. Lekin Rossiya bilan muzokaralar bo‘lmasa ushbu siyosatni qanday o‘tkazish mumkin?
Ana shuning uchun ham uch davlat rahbarlari bir talay mavzular bo‘yicha gaplashib olishdi. Ukrainadan boshlab Liviyagacha, Rossiya vaksinasidan tortib Erongacha. Hatto Navalniy va Lukashenkoni ham esdan chiqarishmadi. Lekin hech bir masala bo‘yicha jiddiy oldinga siljish kuzatilmadi.
"Sputnika V" vaksinasini Yevropada ro‘yxatdan o‘tkazish va ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlar boshlangani haqidagi xabar ham kutilgan edi, chunki Yevropa undan manfaatdor va bu masalani hal qiish uning qo‘lidan keladi. Lekin Eron yoki Ukraina masalasini hal qilishga YeIning vakolati yo‘q.
Makron va Merkel Rossiyadan ancha vaqtdan beri “Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatib tinchlikka erishish, Minsk shartnomasining bajarilishini” so‘rashmoqda. Ular Putinga “normand to‘rtligi” formatida uchrashuv o‘tkazishni va unga Zelenskiyni ham taklif qilishni so‘rashmoqda. Lekin hozircha buning iloji yo‘q. Undan tashqari Putin Donbassdagi tutashuv chizig‘ida Ukraina tomonidan tinchlikni buzishga qaratilgan qurolli to‘qnashuvlar, provokatsiyalar amalga oshirilayotganidan xavotirda eknini ma’lum qildi.
 Sputnik V (Gam-KOVID-Vak) dlya vaksinatsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.02.2021
Yevropa Ittifoqi “Sputnik V” vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazish arizasini qabul qildi
Berlin va Parij Ukrainani Donbassda konstitutsion reforma o‘tkazishga majburlashga tayyor emas. Lekin busiz muzokaralarda biror nimaga kelishishning imkoni yo‘q. Bundan buyon Kiyev yangi urushni boshlashni ro‘kach qilib o‘zi istagan narsaga erisha olmaydi – Makron va Merkel unga Putinni bunday yo‘l bilan muzokaralarga jalb qilib bo‘lmaslini tushuntirib berishlari kerak.
Belorussiya mavzusidagi suhbat ham hech qanday natijaga olib kelmadi. “Erkin saylovlar” haqidagi Ushbu mavzu endi boshlanganda Putin - suveren davlatning ichki ishlariga aralashib bo‘lmasligini qat’iy takidlab o‘tdi.
Aleksey Navalniy masalasini muhokama qilish ham o‘xshash tarzda bo‘lib o‘tdi. Makron va Merkel Putin e’tiborini Navalniy huquqlarini Yevropa konvensiyasiga muvofiq himoya qilish kerakligini, qamoqxonada uning sog‘lig‘iga e’tibor berish kerakligini ta’kidlashdi.
Ha, qanchalik g‘amxo‘rlik qilinmasin, Navalniyni Rossiyada baribir xorijiy davlat manfaati yo‘lida ishlaydigan odam deb qabul qilinadi. Bu voqea allaqachon Rossiya va Yevropa munosabatlariga ancha putr yetkazdi. Navalniy masalasi bo‘yicha Rossiya bilan hech qanday murosaga kelib bo‘lmaydi. Putinga bosim o‘tkazish uchun bu masaladan foydalanish esa - mutlaq befoyda. Yevropaliklar shuni tushunisharmikan? Rossiya hech kimni o‘z ichki ishlariga aralashishiga yo‘l qo‘ymaydi, jumaladan Navalniy atrofidagi vaziyatdan foydalanib ham.
Sudno-truboukladchik Fortuna - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.01.2021
AQSh “Shimoliy oqim-2”ga qarshi yangi sanksiyalar joriy etdi
Ushbu muzokaralarda Putin aytgan hal qiluvchi fikr mana shu bo‘ldi: “Biz YeI bilan siyosatdan xoli bo‘lgan normal munosabatlarni tiklashga tayyormiz, agar qarama-qarshi tomondan bunga yetarli darajada qiziqish namoyish etilsa”. Ha, aynan siyosatdan xoli, ya’ni mana shunday bosim va manipulyatsilardan xoli bo‘lgan. Biz sizning ichki ishlaringizga aralashmayapmizku, nega siz bizni ishimizga aralashasiz? Hammasi juda oddiy - xohish bo‘lsa, dialog ham bo‘ladi.
Ochig‘ini aytganda hozir Yevropada gaplashadigan rahbarning o‘zi yo‘q. Hozir Merkel ham Makron ham ko‘proq o‘z davlatlaridagi ichki vaziyat bilan mashg‘ul. Kuzda Merkel lavozimini topshiradi. Uning asosiy vazifasi - lavozimni o‘z partiyadoshiga yoki ittifoqdoshiga topshirish. Bu esa oson emas, Germaniya ichki siyosatida kurash qizg‘in tus olgan. Makronni bo‘lsa kelgusi bahorda prezident saylovi kutmoqda. Unda uning qayta saylanishiga kafolat yo‘q, chunki raqib – muxolifatchi va aksilelita g‘oyalar tarafdori - Marin Le Pen.
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2021
Koronavirus va Rossiya bilan kurashda YeI laycha rolini o‘ynamoqda
Germaniya har qanday rahbar bilan o‘z davlati manfaatlari yo‘lida “Shimoliy oqim -2” ni himoya qilishi kerak va shunday qiladi ham, lekin nima sababdan u Rossiyaga qarshi boshlangan “Ukraina” o‘yinida anglosakslar tomonida turib olgan? Bu o‘yin Berlinning yoki Parijning qaysi manfaatiga xizmat qiladi?
Ushbu masala hal qilinmas ekan, Moskva Yevropaning har qanday rahbarini mustaqil bo‘lmagan siyosatchi, geosiyosiy imkoniyati va suvereniteti cheklangan rahbarlar deb qabul qiladi.
Bizda yillar davomida shakllangan va yaqinda qayta tiklangan “tashqi aralashuvga qarshi” immunitet bor. Yevropaliklarda esa ushbu xususiyat ancha bo‘shashib qolgan. Ularga hech qanday "Sputnik V" ham yordam bera olmasa kerak.
O‘z “sog‘lig‘i” bilan shug‘ullanishni boshlashga hech qachon kech emas. Asosiysi – o‘z diagnozini bilish va tan olish kerak.
Yangiliklar lentasi
0