Hodisalar

“Narxi 50 ming soʻm”: Andijonda tanishini shaʼnini yerga urgan qiz sud qilinadi

© CC0 / Unsplash / Adem AYEkran telefona s ikonkami prilojeniy
Ekran telefona s ikonkami prilojeniy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.04.2021
Qizning tanishi “Nazokat 50 000 soʻm evaziga fohishalik bilan shugʻullanadi” degan mazmunda yozuvni Telegram᾽dagi guruhga joylagan.
TOSHKENT, 1 apr — Sputnik. Andijon viloyatida tanishining suratini ijtimoiy tarmoqda tarqatgan qiz sud oldida javob beradi. Bu haqda Tergov departamenti matubot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, 25 yoshli fuqaro N.T. Marhamat tumani IIB boshligʻi nomiga ariza bilan murojaat qilgan. Qizning soʻzlariga koʻra, uning tanishi 25 yoshli M.T. shaʼni va qadr qimmatini kamsitgan. Tanishi uni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish maqsadida uning surati ustiga goʻyoki “Nazokat 50 000 soʻm evaziga fohishalik bilan shugʻullanadi” degan mazmunda yozuvni Telegram᾽dagi guruhga joylagan. Bu ham yetmaganday uning telefon raqamini koʻrsatgan.
Skrinshot s posta v Telegram-gruppe - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.04.2021
Skrinshot s posta v Telegram-gruppe
M.T.ga nisbatan Oʻzbekiston JKning 139-moddasi 3-qismi “g” bandi (Tuhmat, yaʼni gʻarazgoʻylik yoki boshqa past niyatlarda bila turib shaxsni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish ) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Hozirda ushbu jinoyat ishi tegishli tartibda tuman sudiga yuborilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala