Yurak uchun foydali ichimlik - olimlar tadqiqoti

© Sputnik / Mariya NaumenkoNayti kafe v Uzbekistane, gde zavarivayut listovoy chay – bolshaya udacha
Nayti kafe v Uzbekistane, gde zavarivayut listovoy chay – bolshaya udacha - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.04.2021
Obuna bo‘lish
Olimlar stress paytida yurakni himoya qiladigan ichimlikni aniqlashdi.
TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Muntazam ravishda kakao iste’mol qilish yurak uchun foydali: ichimlikning xususiyatlari stressli holatlarda organni himoya qilishga yordam beradi. Birmingem universiteti olimlari bunday xulosaga kelishdi. Tadqiqot Nutrients jurnalida e’lon qilindi. RIA Novosti.
Mutaxassislar dukkaklilar tarkibidagi flavonoidlar - benzo-gamma-pirondan olingan tabiiy kislorod tarkibidagi geterotsiklik birikmalar guruhi - ruhiy stress paytida qon tomirlarining ishlashiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini aniqladilar.
Produkti, soderjashie vitamin D - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.07.2022
Bu qiziq
Ayollar uchun eng foydali mahsulotlar – doktor tavsiyalari
"Flavonoidlarga boy kakao iste’mol qilish stressdan keyin endoteliya funksiyasining vaqtinchalik buzilishini kamaytirish va stressli epizodlar paytida qon oqimini yaxshilashning samarali usuli bo‘lishi mumkin", deyilgan tadqiqotda.
Olimlar kakaoni kundalik ratsionga kiritishni tavsiya qildilar, shuningdek flavonoidlar boshqa oziq-ovqat mahsulotlarida: yashil choy, malina, gilos, maymunjon (yejevika) va uzum tarkibida ham bor.
Yangiliklar lentasi
0