O‘zbek-qozoq chegarasidagi tirbandlikka nima sabab bo‘ldi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishMamontovskiy tamojenniy post Shelkovskoy tamojni
Mamontovskiy tamojenniy post Shelkovskoy tamojni - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.04.2021
Obuna bo‘lish
Senat O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasidagi vaziyatga munosabat bildirdi.
TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Oliy Majlis Senati O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasidagi vaziyatga munosabat bildirdi va uning yuzaga kelish sabablarini sanab o‘tdi.
Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi tasarrufidagi “Daut-ota” chegara bojxona postidagi tirbandlik keng muhokama qilinmoqda.
Mazkur holatni Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi o‘rgangan.
Aniqlanishicha, tirbandlikka Turkmanistonda karantin kuchaytirilgani sabab bo‘lgan. Turkmaniston hududi orqali avtotransport vositalarining harakati cheklanganligi sababli ular O‘zbekiston – Qozog‘iston – Rossiya – Gruziya - Turkiya yo‘nalishida harakatlanmoqda.
Furi vistroilis v ochered na granitse - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2019
Qozog‘istonda O‘zbekiston bilan chegaradagi tirbandlik sababini ma’lum qilishdi
Havo haroratining keskin pasayib ketishi ham bu tirbandlikni keltirib chiqargan. Qozog‘istonning Aktobe viloyati Irgiz qishlog‘i orqali o‘tuvchi yo‘l muzlagan.
Shuningdek, Rossiyaning janubiy viloyatlariga yukni yetkazib beruvchi tashuvchilar uchun “Daut-ota” chegara bojxona posti orqali harakatlanish qulay bo‘lgan.
Tashqi savdo yuklarini tashuvchi tomonlar avtotransport vositalari uchun qulaylik va yengilliklar yaratilganligi sababli Turkiya davlati hududi orqali O‘zbekiston tashuvchilarining harakatlanishi ko‘paygan. Ikki mamlakat o‘rtasida tegishli kelishuv mavjud.
"O‘zbekiston hududiga kirib kelayotgan avtotransport vositalari bojxona postida belgilangan muddatlarda qo‘shimcha vaqt talab qilmagan holda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilmoqda”, - deyilgan Senat xabarida.

Tirbandlikni bartaraf etish uchun nimalar qilinmoqda?

O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlari faol muzokaralar olib bormoqda.
Davlat bojxona qo‘mitasi rahbariyati darajasida har hafta, mas’ul boshqarmalari darajasida har kuni, bojxona posti darajasida har ikki soatda muloqot qilinmoqda.
Vaziyatni Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi ham nazoratga olgan.
Yangiliklar lentasi
0