Iqtisod

Oʻzbekiston Qozogʻistondan goʻsht va sut mahsulotlarini olib kirishga ruxsat berdi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishMyaso
Myaso - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.04.2021
Oʻzbekiston qoʻshni respublikadan goʻsht mahsulotlarini olib kirish boʻyicha vaqtinchalik cheklovlarni bekor qildi.
TOSHKENT, 1 apr — Sputnik. Oʻzbekiston Qozogʻistondan goʻsht mahsulotlarini olib kirish boʻyicha joriy etilgan vaqtinchalik cheklovlarni bekor qildi. Qozogʻiston Qishloq xoʻjaligi vazirligi matbuot xizmati xabariga asosan.
"Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi 2021 yil 19 martdan boshlab Qozogʻiston Respublikasidan tirik parrandalarni (shu jumladan, dekorativ qushlar) inkubatsiontuxum, patlar, parranda goʻshti, tuxum va boshqa turdagi parrandachilik mahsulotlari, shuningdek qushlarni saqlash, soʻyish va kesish uchun ishlatilgan uskunalarni olib kirish va tranzit qilish boʻyicha ilgari kiritilgan vaqtinchalik cheklovlarni olib tashladi", - deyilgan xabarda.
Kazaxstanskaya aviakompaniya SCAT poluchila razresheniye na vыpolneniye poletov po marshrutu Aktau-Urgench-Aktau. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.03.2021
Jamiyat
Qozogʻiston aviakompaniyasi Oʻzbekistonga parvozlarni boshlaydi
Bundan tashqari, tirik hayvonlar, xom goʻsht va undan olinadigan mahsulotlar, sut va sut mahsulotlarini (ishlov berilmagan) olib kirish va tranzit qilishda cheklovlar bekor qildi. Bundan tashqari, Qozogʻistonning Akmola viloyati va Chimkent shahridan genetik material, jun, soch, ichak xomashyosi, teri, shuningdek hayvonlarni saqlash va soʻyish uchun ishlatilgan uskunalarni olib kirishga ruxsat beriladi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston hukumati oʻtgan yil 25 sentyabrida kuydirgi kasalligi aniqlanganligi sababli Qozogʻistonning sut va goʻsht mahsulotlarini olib kirishga cheklovlar kiritgandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala