O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 83 mingdan oshdi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishEkspress-testirovanie na COVID-19 v aeroportu Vnukovo
Ekspress-testirovanie na COVID-19 v aeroportu Vnukovo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.04.2021
Obuna bo‘lish
O‘tgan kun eng ko‘p poytaxt, Toshkent va Samarqand viloyatlarida koronavirus aniqlangan.
TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Kecha O‘zbekistonda yana 181 kishida koronavirus aniqlandi. Jami kasallanganlar soni 83 050 nafarni tashkil etmoqda, deb xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Yangi kasallanganlarning 5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 1 nafari Andijon viloyatida, 6 nafari Buxoro viloyatida, 6 nafari Jizzax viloyatida, 2 nafari Namangan viloyatida, 11 nafari Samarqand viloyatida, 3 nafari Sirdaryo viloyatida, 2 nafari Surxondaryo viloyatida, 18 nafari Toshkent viloyatida, 127 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Vaksinatsiya v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.04.2021
O‘zbekistonda 1-apreldan ommaviy emlash boshlandi
Shuningdek, 1 nafar bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 630 nafarga etdi.
Kasallikdan jami 81135 (+152) kishi sog‘aygan va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1285 nafar bemordan 191 nafari og‘ir, 85 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Yangiliklar lentasi
0