O‘zbekistonda 1-apreldan ommaviy emlash boshlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVaksinatsiya v Tashkente
Vaksinatsiya v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.04.2021
Obuna bo‘lish
Bugun 1-apreldan O‘zbekistonda ommaviy emlash boshlandi. Birinchi navbatda 65 yoshdan kattalar, tibbiyot xodimlari, o‘qituvchilar va ichki ishlar xodimlar emlanadi.
TOShKENT, 1 apr - Sputnik. Bugun 1-apreldan O‘zbekistonda ommaviy emlash boshlandi, deb xaar qilmoqda Sanitariya-epidemiologiya xizmati.
"Aprel oyi davomida Toshkent va Nukus shahri hamda viloyatlar markazlaridagi 219 ta emlash punktlarida bir oyda 142,3 ming emlash o‘tkazilishi rejalashtirilgan", - deyilgan xabarda.
Birinchi navbatda kimlar emalanadi:
65 yoshdan kattalar;
tibbiyot xodimlari;
surunkali kasalligi bor fuqarolar;
maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari;
qurolli kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari;
Emlash jarayonini samarali o‘tkazish uchun, mamlakat bo‘ylab 3 138 ta emlash punktlari va 862 ta harakatdagi tibbiy brigadalar shay holatga keltirildi.
Hududlarga vaksinalarni tashish uchun COVAX dasturi doirasida 17 ta avtorefrijerator, 206ta yuk tashuvchi miniven va 16 ta yengil avtotransport vositalari keltirildi.
Undan tashqari 4 ming nafardan ortiq shifokor va 11 ming nafardan ortiq o‘rta tibbiyot xodimi jalb qilingan.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin O‘zbekistonda 660 ming doza AstraZeneca vaksinasi va 1 million doza ZF-UZ-VAC2001 —o‘zbek-xitoy vaksinasi olib kelingan edi.
Yangiliklar lentasi
0