Jamiyat

Qirgʻiziston orqali Rishtondan Soʻxga boruvchi yoʻl ochildi

© UzAOtkrыlas doroga, soyedinyayuщaya Rishtanskiy i Soxskiy rayonы Ferganskoy oblasti
Otkrыlas doroga, soyedinyayuщaya Rishtanskiy i Soxskiy rayonы Ferganskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.04.2021
Fargʻona viloyati Rishton tumanidan Soʻxga boruvchi Qirgʻiziston orqali oʻtuvchi yoʻl ochildi.
TOSHKENT, 1 apr — Sputnik. Fargʻona viloyati Rishton tumanidan Soʻxga boruvchi Qirgʻiziston orqali oʻtuvchi yoʻlning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
OʻzA xabariga koʻra, tadbirda soʻzga chiqqan Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov hamda Botken viloyati gubernatori Omurbek Suvonaliyev va boshqalar Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasida boshqa sohalardagi aloqalar kengayib borayotgani, xususan, chegaraoldi hududlarning hamkorligi tobora faollashayotganini taʼkidlashdi.
Otkroyetsya doroga Sox-Rishtan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.04.2021
Jamiyat
Soʻx-Rishton yoʻli ochiladi
“Qariyb oʻn yildan buyon berk boʻlgan chegara postlarimizning ochilishi haqiqatdan ham muhim voqeadir. Xalqlarimizning doʻstligi abadiy boʻlsin”, - dedi Bozorov.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rishton va Soʻx tumanini bogʻlab turuvchi Qirgʻiziston orqali oʻtgan yoʻlning ochilishi xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala