Rossiya

Ramzan Qodirov Nobel mukofotiga tavsiya etildi

© Sputnik / Said Tsarnayev / Fotobankka oʻtishGlava Chechenskoy Respubliki Ramzan Kadыrov
Glava Chechenskoy Respubliki Ramzan Kadыrov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.04.2021
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Nobel mukofotiga tavsiya etildi
TOSHKENT, 1 apr — Sputnik. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Nobel mukofotiga tavsiya etildi. Bu haqda “Grozniy” davlat telekompaniyasi Xalqaro Nobel Axborot Markazi (INC) prezidenti Vyacheslav Tyutyunnik bayonotiga asosan xabar qildi. RIA Novosti.
Norvegiya vakillari arizani taqdim etadi. "Soʻnggi 15 yil ichida tarixiy jihatdan murakkab mintaqada ishonchli tinchlikni oʻrnatish va saqlashga qoʻshgan ulkan hissasi" tavsiyaga asos boʻladi.
Futbol. RFPL. Match Axmat - Amkar - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.12.2020
Dunyoda
AQSH “Qodirovchilar”ga qarshi sanktsiyalar joriy qildi
Telekanal oʻtgan yili Qodirov Tinchlik va taraqqiyot instituti (INSPAD) tomonidan taʼsis etilgan xalqaro tinchlik mukofotiga nomzod boʻlganini eslatdi. Tashkilot uning dinlararo aloqalarni rivojlantirish, gumanitar va taʼlim dasturlarida alohida rolini qayd etdi.
Nobel mukofoti 1901 yildan buyon har yili barqarorlikni taʼminlash sohasida yutuqlarga erishgan davlat arbotlari yoki tashkilotlarga beriladi. Nomzodlar turli mamlakatlar milliy parlamentlari va hukumatlari aʼzolari yoki xalqaro sudlar, universitet rektorlari, Norvegiya Nobel qoʻmitasining amaldagi va sobiq aʼzolari, maslahatchilari tomonidan tavsiya qilinishi mumkin. Turli yillarda Teodor Ruzvelt, Martin Lyuter King, Mixail Gorbachyov, Nelson Mandela, Barak Obama mukofotga sazovor boʻlgan. 2020 yilda mukofot Jahon oziq-ovqat dasturiga taqdim etildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala