Iqtisod

Samarqand millionli shaharga aylanadi – Turdimov

© e_turdimovErkinjon Turdimov
Erkinjon Turdimov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.04.2021
Samarqand aholisi bir million boʻlgan shaharga aylanadi va uning tarkibida 5ta tuman tashkil qilinadi.
TOSHKENT, 1 apr - Sputnik. Samarqand aholisi bir million boʻlgan shaharga aylanadi, dedi viloyat hokimi Erkinjon Turdimov. Samarqanld viloyati hokimligi axborot xizmati xabariga asosan.
Samarqand shahridagi Yoshlar markazida boʻlib oʻtgan "Xokim, vazir va yoshlar uchrashuvi"da yoshlar tomonidan 60dan ortiq masalalar koʻtarildi va ularning yechimlari topildi.
Biz Samarqandni millionli shaharga aylantirmoqchimiz. Uzogʻi bilan yil oxiriga qadar, balkim undan oldinroq ham Samarqand aholisi bir milliondan ortiq shaharga aylanadi, - dedi Turdimov uchrashuvda.
Aslida hozirning oʻzida Samarqandd 1 million aholi yashaydi. Shaharga yaqin joylashgan bir necha tumanlar qoʻshilib ketgan. Biz Samarqandni bir millionli shahar qilib, uning tarkibida beshta tuman qilmoqchimiz.
Aholi soni bir million boʻlganidan soʻng, dunyoda bunday shaharlarning oʻz statusi bor. Har qanday biznesmen biror hududga sarmoya kiritishdan oldin, aholisi soni qancha deb qiziqadi. Shunga qarab mehnat resurslari, talabga baho beriladi.
Shu oʻrinda Erkinjon Turdimov Qozogʻistonni misol qilib keltirdi. Oʻzbekistondan aholisi ikki barvar kam boʻlsa-da, 3ta millionli shahri bor – Olma-Ota, Astana va Chimkent. Bizda esa bitta – Toshkent, deydi hokim.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala