Iqtisod

Yirik davlat aktivlari savdoga chiqarildi

© Sputnik / Ruslan KrivobokAuktsion
Auktsion  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.04.2021
Toshkentda davlat mulki boʻlgan bir necha yirik majmualar va dam olish maskanlari savdoga chiqarildi.
TOSHKENT, 1 apr – Sputnik. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan bir necha yirik davlat obʼyektlarisavdoga chiqarildi, deb xabar qilmoqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi.
Quyidagi obʼyektlar savdoga chiqarilgan:
“Poytaxt biznes majmuasi” MCHJ mulkiy majmuasi;
“Ichan qalʼa” mehmonxona majmuasi;
“Beldirsoy oromgohi” dam olish maskani;
“Sijjak” dam olish maskani;
“Qizil suv sport sogʻlomlashtirish” MCHJ;
“Malika” savdo va maishiy xizmat koʻrsatish majmuasi;
“Gazetalar ishlab chiqarish majmuasi binosi”;
“Maʼmuriy bino” (Sobiq Respublika birja markazi)
Xabarda aytilishiga koʻra, davlat aktivlarini sotish yangicha, zamonaviy usullar orqali amalga oshiriladi.
Birinchi bosqichda – talabgorlar oldindan saralanadi
Ikkinchi bosqichda – talabgorning tijorat takliflari (sotib olish narxi va toʻlovni amalga oshirish muddati) hamda toʻlov qobiliyati baholanadi.
Eslatib oʻtamiz, 2021 yilning 11 fevralida Oʻzbekiston prezidentining “Davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilingan edi. Uning maqsadi - tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, iqtisodiyotda davlat ulushini qisqartirish va xususiylashtirishni jadallashtirishdir.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader