Yirik davlat aktivlari savdoga chiqarildi

© Sputnik / Ruslan KrivobokAuksion
Auksion  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.04.2021
Obuna bo‘lish
Toshkentda davlat mulki bo‘lgan bir necha yirik majmualar va dam olish maskanlari savdoga chiqarildi.
TOShKENT, 1 apr – Sputnik. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan bir necha yirik davlat obyektlarisavdoga chiqarildi, deb xabar qilmoqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi.
Quyidagi obyektlar savdoga chiqarilgan:
“Poytaxt biznes majmuasi” MChJ mulkiy majmuasi;
“Ichan qal’a” mehmonxona majmuasi;
“Beldirsoy oromgohi” dam olish maskani;
“Sijjak” dam olish maskani;
“Qizil suv sport sog‘lomlashtirish” MChJ;
“Malika” savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi;
“Gazetalar ishlab chiqarish majmuasi binosi”;
“Ma’muriy bino” (Sobiq Respublika birja markazi)
Xabarda aytilishiga ko‘ra, davlat aktivlarini sotish yangicha, zamonaviy usullar orqali amalga oshiriladi.
Birinchi bosqichda – talabgorlar oldindan saralanadi
Ikkinchi bosqichda – talabgorning tijorat takliflari (sotib olish narxi va to‘lovni amalga oshirish muddati) hamda to‘lov qobiliyati baholanadi.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning 11-fevralida O‘zbekiston prezidentining “Davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilingan edi. Uning maqsadi - tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiyotda davlat ulushini qisqartirish va xususiylashtirishni jadallashtirishdir.
Yangiliklar lentasi
0