Kolumnistlar

Amerika dunyoni nima uchun “issiq-sovuq” qilmoqda

© REUTERS / Danish Meteorological Institute/Steffen OlsenYezdovыe sobaki tyanut sani po pokrыtomu vodoy ldu Grenlandii
Yezdovыe sobaki tyanut sani po pokrыtomu vodoy ldu Grenlandii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.04.2021
Amerikaliklar har qanday nazariyani ommaviy qirgʻin quroliga aylantirishni yaxshi biladilar.
2004 yilda Gollivudda suratga olingan “Ertadan keyin” nomli blokbaster butun dunyo ekranlarida namoyish etilgan edi. Unda insoniyat ommaviy qirilib ketishi, turli halokatli sahnalari taʼsirli qilib aks ettirilgan edi. Yana chiroyli musiqa va taniqli aktyorlarning ishtirok etishi hech kimni befarq qoldirmas edi.
Ushbu filmni bugun ham tomosha qilsa boʻladi, lekin u mantiqan eskirgan. Nega deganda kino “Kelayotgan umumjahon superboʻroni” nomli fantastik asarga asoslangan. 30 yil oldin Gʻarbda Yer shari muzlab qolishi haqida yuzlab kitoblar yozilgan edi.
Mujchina neset produktы dalnoboyщikam - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.11.2020
Dunyoda
Markaziy Osiyo: olimlar dahshatli iqlim falokati haqida ogohlantirishdi
Bugun ekologiya uchun kurash tarafdorlari eng yosh avlod orasidan tanlab olinayotgani bejiz boʻlmasa kerak. Chunki yoshi biroz kattaroq boʻlganlar 1970-90 yillarda hukm surgan “Yangi muz asri” nazariyasini juda yaxshi eslashadi. Oʻsha vaqtda ham ushbu gʻoyani bugun “global isish” gʻoyasini targʻib qilayotgan telekanallar va OAVlar olgʻa surgan.
Masalan The New York Times, nashri 1969 yilda: "Bizning 20 yil vaqtimiz qoldi ", The Guardian, 1974 yilda: "Muz asri tezkorlik bilan kirib kelmoqda” kabi mavzularda maqolalar bosib chiqargan edi. Ularda yozilishiga koʻra, tez orada insoniyat bugʻdoysiz va suvsiz qoladi, Venetsiya, Maldav va Nyu York choʻkib ketadi, 2000 yilda butun planeta muz bilan qoplanadi, degan vahimalar tarqatilgan edi.
Oʻsha vaqtning olimlari ham, aynan shunday boʻlishini yangi va yangi “dalillarini” topib berishar edi. Ular turli seminarlar oʻtkazib, davlat rahbarlariga murojaat qilishar edi.
Maslan 1972 yilda Braun universitetiing koʻzga koʻringan olimlari AQSH prezidenti Niksonga quyidagi murojaatnomani yuborishgan edi: “Hurmatli janob prezident! Siz insoniyat haqida qaygʻurishingizni bilamiz va sizni global iqlim oʻzgari haqida ogohlantirmoqchimiz. Iqlim sovushi jeda tez rivojlanmoqda. Inson tsivilizatsiyasi oldin bunday tez sovuqlikka duch kelmagan... ”
Oʻsha vaqtda “Global iqlim sovishi” sovuq urushda oʻziga xos qurolga aylangan edi. Temir pardaning u tomonda esa Sovet Ittifoqi oʻzining neft va gaz sanoatini ildam qadamlar bilan rivojlantirayotgan, ulkan gaz quvurlari qurayotgan edi. Gʻarbda boʻlsa 1973 yilda neft krizisi sodr boʻlib, uglevodorodlar narxi keskin oshib ketdi.
Pojar v gorode Paradayz, shtat Kaliforniya, SSHA - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.06.2019
Dunyoda
Iqlim oʻzgarishi oqibatida 2050 yilga kelib insoniyat nobud boʻlishi mumkin
Sovet Ittifoqiga ushbu inqiroz hech qanday taʼsir koʻrsatmadi, aksincha neft eksporti yaxshi daromad keltira boshladi. Okean ortida esa benzinni jiddiy iqtisod qilish, shosselarda tezlikni 100dan oshirmaslik, uylarda haroratni 18 darajadan oshirmaslik, kamroq samolyoda uchish tavsiya qilinardi.
Global iqlim sovushi haqidagi afsona boʻlsa gʻarb mamlakatlarida SSSRning tabiiy boyliklarini egallab olish ishtiyoqini yanada kuchaytirdi. Axir ruslarning uyida issiq ularnikida “sovuq” boʻlsa bu “nohaqlikku?”
Keyinchalik global iqlim isishi nazariyasi oʻrnini “yadroviy qish” mavzusi egalladi. Unga koʻra, global yadroviy urushdan soʻng Yer sharini radioaktiv chang qoplab oladi va quyosh nurini oʻtkazmaydi. Oqibatda iqlim keskin sovib ketadi. “Yadroviy qish” mavzusi ham Sovet Ittifoqiga bosim oʻtkazish uchun muvaffaqiyatli foydalanildi. Uni roʻkach qilib yadroviy qurollar sonini qisqartirish talab qilindi. Xoʻsh, hozir qayerda qoldi oʻsha ertaklar?
2006 yilda Kann kinofestivalida yana bir hujjatli film namoyish etilgan edi. Uning nomi “Noqulay haqiqat” boʻlib, unda insoniyatning barcha balolari global iqlim isishiga bogʻliq ekani taʼkidlangan edi. Film gʻoyasi, sponsori va bosh qahramoni taniqli amerika siyosiy klani vakili, sobiq vitse-prezident Albert Gor edi. Keyingi yilda ushbu film uchun u Nobel mukofoti oldi.
Shundan soʻng Amerikaning yana oʻsha gazetalari yangi ertakni boshladi. The New York Times, The Guardian, CNN va BBC siyosiy elitaning yangi mavzusini yorita boshladi. Inson faoliyati qanday qilib iqlim isishiga olib kelayotgani, har bir faoliyat atmosferaga qancha SO gazi chiqarayotgani, “Uglerod izi” tushunchasi va boshqa mavzularda maqolalar paydo boʻla boshladi.
Yana insoniyat bir necha yildan soʻng ommaviy qirilib ketishi haqida nazariyalar tarfatila boshladi. Angliya shahzodasi Charlz 2009 yilda insoniyat 8 yildan soʻng qirilib ketadi degan edi. The Guardian boʻlsa 2013 yilda Arktika ikki yil ichida erib ketadi, deb yozgan edi.
Na rossiyskoy dreyfuyuщey stantsii Severnыy polyus-2015 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.03.2020
Dunyoda
Olimlar Arktika ustida ozon qatlami keskin buzilishi haqida ogohlantirishdi
“Olimlar” biri biridan oʻzib iqlim isish muammolarini sanab ketishdi. Yana seminarlar, konferentsiyalar, davlat rahbarlariga murojaatlar. Bularning barchasi iqlim isishini oldini olishga qaratilgan Kioto protokoli va Parij bitimini imzolashga olib keldi. Ushbu shovqinda Iqlim isishi nazariyasini tanqid qilayotgan olimlar ovozi esa mutlaq eshitilmay qoldi.
Vaholanki, Amerika yangi ertagining soq iqtisodiy asosi bor. Bu yana bir raqibni yoʻq qilish harakati. Axir Rossiyadan olib kelinayotgan bugʻdoy va gazni “Uglerod izi boʻlgan tovarlar” deb jar solish va ularga nisbatan sanktsiya kiritish, bozordan siqib chiqarishdan osoni yoʻq. Oʻrniga qimmatroq oʻzini mahsuloti keladi.
Barcha saʼy-harakatlarning mantiqiy davomi sifatida “iqlim qiroli” Jon Kerri hech qanday hukumat bu muammoni bir oʻzi hal qila olmaydi, yechim faqat xususiy sektor orqali kelishi mumkin. Hukumat vazifasi xususiy sektor uchun sharoit yaratish... Biz buning uchun urushda kurashgandek kurashamiz”, deb eʼlon qildi.
Xullas, dunyoning suveren davlatlari oʻzlarining ayrim huquqlarini xususiy kompaniyalarga topshirishi kerak. Masalan Kerrining xotini egalik qilayotgan Heinzga oʻxshagan korporatsiyalarga.
Xa, toʻgʻri har qanday fuqaro oʻz hukumatini tanqid qilishga haqli. Millardlab kishilar oshxonada u yoki bu narsadan norozi boʻlishadi. Lekin transmilliy korporatsiya egalari qoʻyayotgan talablar soʻnggi vaqtda alq bovar qilmaydigan darajaga yetgan.
Masalan Ilon Mask bir necha yildan soʻng barcha tillardan voz kechmoqchi. Mormon milliarderi Trevor Milton boʻlsa yangi yonilgʻi sifatida vodorodni piar qilmoqda. Vodorodni sintez qilish juda murakkab va u dunyoda eng portlovchi moddalardan biri boʻlishiga qaramasdan.
Preduprejdayuщaya tablichka na dveri laboratorii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.02.2021
Dunyoda
Pandemiyadan ham qoʻrqinchliroq: Bill Geyts insoniyat uchun 2ta asosiy tahdidni aytdi
Bill Geyts global iqlim isishiga qarshi qandaydir ekzotik loyihalarni targʻib qilmoqda. Yaqinda u Garvard universitetida quyidagi tashabbus bilan chiqdi– osmonga minglab samolyotlarni uchirib atmosferaga mel moddasini sepish. Unga koʻra bu quyosh nurini toʻsadi va iqlim soviydi. Ha, aytmoqchi buning oqibatida Yerda hech narsa koʻkarmay qolishi mumkin.
Ayni damda milliarderlarning ushbu fikrlari qandaydir aqlsizlik boʻlib tuyulishi mumkin, lekin ular haqiqatdan hukumat boshiga kelib qolsa-chi? Unda nima boʻladi?
Bularning hamasini esga olishga – aprel oyida rejalashtirilgan iqlim mavzusiga bagʻishlangan sammit sabab boʻldi. Amerikaliklar har qanday nazariyani ommaviy qirgʻin quroliga aylantirishni yaxshi biladilar. Jumladan eski va qadrdon tabiatni himoya qilish gʻoyasini ham.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala