Amerika dunyoni nima uchun “issiq-sovuq” qilmoqda

© REUTERS / Danish Meteorological Institute/Steffen OlsenYezdovie sobaki tanut sani po pokritomu vodoy ldu Grenlandii
Yezdovie sobaki tanut sani po pokritomu vodoy ldu Grenlandii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.04.2021
Obuna bo‘lish
Amerikaliklar har qanday nazariyani ommaviy qirg‘in quroliga aylantirishni yaxshi biladilar.
2004 yilda Gollivudda suratga olingan “Ertadan keyin” nomli blokbaster butun dunyo ekranlarida namoyish etilgan edi. Unda insoniyat ommaviy qirilib ketishi, turli halokatli sahnalari ta’sirli qilib aks ettirilgan edi. Yana chiroyli musiqa va taniqli aktorlarning ishtirok etishi hech kimni befarq qoldirmas edi.
Ushbu filmni bugun ham tomosha qilsa bo‘ladi, lekin u mantiqan eskirgan. Nega deganda kino “Kelayotgan umumjahon superbo‘roni” nomli fantastik asarga asoslangan. 30-yil oldin G‘arbda Yer shari muzlab qolishi haqida yuzlab kitoblar yozilgan edi.
Mujchina neset produkti dalnoboyshikam - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.11.2020
Markaziy Osiyo: olimlar dahshatli iqlim falokati haqida ogohlantirishdi
Bugun ekologiya uchun kurash tarafdorlari eng yosh avlod orasidan tanlab olinayotgani bejiz bo‘lmasa kerak. Chunki yoshi biroz kattaroq bo‘lganlar 1970-90 yillarda hukm surgan “Yangi muz asri” nazariyasini juda yaxshi eslashadi. O‘sha vaqtda ham ushbu g‘oyani bugun “global isish” g‘oyasini targ‘ib qilayotgan telekanallar va OAVlar olg‘a surgan.
Masalan The New York Times, nashri 1969-yilda: "Bizning 20-yil vaqtimiz qoldi ", The Guardian, 1974 yilda: "Muz asri tezkorlik bilan kirib kelmoqda” kabi mavzularda maqolalar bosib chiqargan edi. Ularda yozilishiga ko‘ra, tez orada insoniyat bug‘doysiz va suvsiz qoladi, Venetsiya, Maldav va Nyu York cho‘kib ketadi, 2000-yilda butun planeta muz bilan qoplanadi, degan vahimalar tarqatilgan edi.
O‘sha vaqtning olimlari ham, aynan shunday bo‘lishini yangi va yangi “dalillarini” topib berishar edi. Ular turli seminarlar o‘tkazib, davlat rahbarlariga murojaat qilishar edi.
Maslan 1972-yilda Braun universitetiing ko‘zga ko‘ringan olimlari AQSh prezidenti Niksonga quyidagi murojaatnomani yuborishgan edi: “Hurmatli janob prezident! Siz insoniyat haqida qayg‘urishingizni bilamiz va sizni global iqlim o‘zgari haqida ogohlantirmoqchimiz. Iqlim sovushi jeda tez rivojlanmoqda. Inson sivilizatsiyasi oldin bunday tez sovuqlikka duch kelmagan... ”
O‘sha vaqtda “Global iqlim sovishi” sovuq urushda o‘ziga xos qurolga aylangan edi. Temir pardaning u tomonda esa Sovet Ittifoqi o‘zining neft va gaz sanoatini ildam qadamlar bilan rivojlantirayotgan, ulkan gaz quvurlari qurayotgan edi. G‘arbda bo‘lsa 1973-yilda neft krizisi sodr bo‘lib, uglevodorodlar narxi keskin oshib ketdi.
Pojar v gorode Paradayz, shtat Kaliforniya, SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.06.2019
Iqlim o‘zgarishi oqibatida 2050-yilga kelib insoniyat nobud bo‘lishi mumkin
Sovet Ittifoqiga ushbu inqiroz hech qanday ta’sir ko‘rsatmadi, aksincha neft eksporti yaxshi daromad keltira boshladi. Okean ortida esa benzinni jiddiy iqtisod qilish, shosselarda tezlikni 100dan oshirmaslik, uylarda haroratni 18 darajadan oshirmaslik, kamroq samoloda uchish tavsiya qilinardi.
Global iqlim sovushi haqidagi afsona bo‘lsa g‘arb mamlakatlarida SSSRning tabiiy boyliklarini egallab olish ishtiyoqini yanada kuchaytirdi. Axir ruslarning uyida issiq ularnikida “sovuq” bo‘lsa bu “nohaqlikku?”
Keyinchalik global iqlim isishi nazariyasi o‘rnini “yadroviy qish” mavzusi egalladi. Unga ko‘ra, global yadroviy urushdan so‘ng Yer sharini radioaktiv chang qoplab oladi va quyosh nurini o‘tkazmaydi. Oqibatda iqlim keskin sovib ketadi. “Yadroviy qish” mavzusi ham Sovet Ittifoqiga bosim o‘tkazish uchun muvaffaqiyatli foydalanildi. Uni ro‘kach qilib yadroviy qurollar sonini qisqartirish talab qilindi. Xo‘sh, hozir qayerda qoldi o‘sha ertaklar?
2006 yilda Kann kinofestivalida yana bir hujjatli film namoyish etilgan edi. Uning nomi “Noqulay haqiqat” bo‘lib, unda insoniyatning barcha balolari global iqlim isishiga bog‘liq ekani ta’kidlangan edi. Film g‘oyasi, sponsori va bosh qahramoni taniqli amerika siyosiy klani vakili, sobiq vitse-prezident Albert Gor edi. Keyingi yilda ushbu film uchun u Nobel mukofoti oldi.
Shundan so‘ng Amerikaning yana o‘sha gazetalari yangi ertakni boshladi. The New York Times, The Guardian, CNN va BBC siyosiy elitaning yangi mavzusini yorita boshladi. Inson faoliyati qanday qilib iqlim isishiga olib kelayotgani, har bir faoliyat atmosferaga qancha SO gazi chiqarayotgani, “Uglerod izi” tushunchasi va boshqa mavzularda maqolalar paydo bo‘la boshladi.
Yana insoniyat bir necha yildan so‘ng ommaviy qirilib ketishi haqida nazariyalar tarfatila boshladi. Angliya shahzodasi Charlz 2009-yilda insoniyat 8-yildan so‘ng qirilib ketadi degan edi. The Guardian bo‘lsa 2013-yilda Arktika ikki yil ichida erib ketadi, deb yozgan edi.
Na rossiyskoy dreyfuyushey stansii Severniy polyus-2015 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.03.2020
Olimlar Arktika ustida ozon qatlami keskin buzilishi haqida ogohlantirishdi
“Olimlar” biri biridan o‘zib iqlim isish muammolarini sanab ketishdi. Yana seminarlar, konferensiyalar, davlat rahbarlariga murojaatlar. Bularning barchasi iqlim isishini oldini olishga qaratilgan Kioto protokoli va Parij bitimini imzolashga olib keldi. Ushbu shovqinda Iqlim isishi nazariyasini tanqid qilayotgan olimlar ovozi esa mutlaq eshitilmay qoldi.
Vaholanki, Amerika yangi ertagining soq iqtisodiy asosi bor. Bu yana bir raqibni yo‘q qilish harakati. Axir Rossiyadan olib kelinayotgan bug‘doy va gazni “Uglerod izi bo‘lgan tovarlar” deb jar solish va ularga nisbatan sanksiya kiritish, bozordan siqib chiqarishdan osoni yo‘q. O‘rniga qimmatroq o‘zini mahsuloti keladi.
Barcha sa’y-harakatlarning mantiqiy davomi sifatida “iqlim qiroli” Jon Kerri hech qanday hukumat bu muammoni bir o‘zi hal qila olmaydi, yechim faqat xususiy sektor orqali kelishi mumkin. Hukumat vazifasi xususiy sektor uchun sharoit yaratish... Biz buning uchun urushda kurashgandek kurashamiz”, deb e’lon qildi.
Xullas, dunyoning suveren davlatlari o‘zlarining ayrim huquqlarini xususiy kompaniyalarga topshirishi kerak. Masalan Kerrining xotini egalik qilayotgan Heinzga o‘xshagan korporatsiyalarga.
Xa, to‘g‘ri har qanday fuqaro o‘z hukumatini tanqid qilishga haqli. Millardlab kishilar oshxonada u yoki bu narsadan norozi bo‘lishadi. Lekin transmilliy korporatsiya egalari qo‘yayotgan talablar so‘nggi vaqtda alq bovar qilmaydigan darajaga yetgan.
Masalan Ilon Mask bir necha yildan so‘ng barcha tillardan voz kechmoqchi. Mormon milliarderi Trevor Milton bo‘lsa yangi yonilg‘i sifatida vodorodni piar qilmoqda. Vodorodni sintez qilish juda murakkab va u dunyoda eng portlovchi moddalardan biri bo‘lishiga qaramasdan.
Preduprejdayushaya tablichka na dveri laboratorii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.02.2021
Pandemiyadan ham qo‘rqinchliroq: Bill Geyts insoniyat uchun 2ta asosiy tahdidni aytdi
Bill Geyts global iqlim isishiga qarshi qandaydir ekzotik loyihalarni targ‘ib qilmoqda. Yaqinda u Garvard universitetida quyidagi tashabbus bilan chiqdi– osmonga minglab samolyotlarni uchirib atmosferaga mel moddasini sepish. Unga ko‘ra bu quyosh nurini to‘sadi va iqlim soviydi. Ha, aytmoqchi buning oqibatida Yerda hech narsa ko‘karmay qolishi mumkin.
Ayni damda milliarderlarning ushbu fikrlari qandaydir aqlsizlik bo‘lib tuyulishi mumkin, lekin ular haqiqatdan hukumat boshiga kelib qolsa-chi? Unda nima bo‘ladi?
Bularning hamasini esga olishga – aprel oyida rejalashtirilgan iqlim mavzusiga bag‘ishlangan sammit sabab bo‘ldi. Amerikaliklar har qanday nazariyani ommaviy qirg‘in quroliga aylantirishni yaxshi biladilar. Jumladan eski va qadrdon tabiatni himoya qilish g‘oyasini ham.
Yangiliklar lentasi
0