Koronavirus: yangi holatlarning 75 foizi Toshkentda

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishProdaja meditsinskix masok v aptekax
Prodaja meditsinskix masok v aptekax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.04.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda yana 189 kishida koronavirus aniqlandi, respublika bo‘ylab koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 83 239 nafarni tashkil qilmoqda.
TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.
Yana 189 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 83 239 nafarni tashkil qilmoqda.
Vaksinatsiya v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.04.2021
Vaksinatsiyaning ilk kunida qancha fuqaro emlandi
Yangi kasallanish holatlarining: 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 1 nafari Andijon viloyatida, 3 nafari Jizzax viloyatida, 2 nafari Namangan viloyatida, 10 nafari Samarqand viloyatida, 2 nafari Sirdaryo viloyatida, 1 nafari Surxondaryo viloyatida, 2 nafari Farg‘ona viloyatida, 24 nafari Toshkent viloyatida, 142 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 81 303 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foiz.
Ayni paytda 1306 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 209 nafari og‘ir, 94 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

O‘lim holatlari

O‘zbekistonda jami 630 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 128,9 milliondan oshdi, 2,8 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (30,5 mln), Braziliyada (12,7 mln), Hindistonda (12,2 mln).
Yangiliklar lentasi
0