Jamiyat

Oʻzbekiston va Xitoy hamkorligida ishlab chiqarilgan vaktsina mutlaqo xavfsiz – vazirlik

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVaktsinatsiya v Tashkente
Vaktsinatsiya v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.04.2021
Oʻzbekistonda birinchi navbatda vaktsinalash kerak boʻlganlar soni 4,1 mln kishini tashkil qiladi. Bular 65 yoshdan oshgan fuqarolar, surunkali kasali boʻlganlar, oʻqituvchilar, tibbiyot va huquqni saqlash organlari xodimlari.
TOSHKENT, 2 apr – Sputnik. Oʻzbekiston va Xitoy hamkorligida ishlab chiqarilgan vaktsina mutlaqo xavfsiz, deb eʼlon qildi AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda Innovatsion rivojlanish vazirining birinchi oʻrinbosari Shahlo Turdiqulova.
“Xitoyda ishlab chiqarilgan ZF-UZ-VAC2001 vaktsinasining dastlabki sinov bosqichlari muvaffaqiyatli oʻtkazilgani bois uning soʻnggi — uchinchi klinik sinov bosqichlarini Oʻzbekistonda oʻtkazdik.
Tahlil va oʻrganishlar koʻrsatyaptiki, vaktsina — mutlaqo xavfsiz va uni qabul qilgan insondlarning 95-97 foizida antitanachalar shakllanadi.
Ushbu vaktsinani shaxsan oʻzim ham oilamiz orqali sinovdan oʻtkazganmiz. Sinovda qatnashgan 7 ming kishining hech birida hech qanday nojoʻya taʼsiri sezilmagan. Balki allergik taʼsirlar sezilishi mumkin, ukol qilingan joylar qizarishi mumkin, biroq bundan qoʻrqmaslik kerak.
Koronavirusni yengib oʻtishning yagona yoʻli — vaktsina qabul qilish. Shu bois aholini vaktsinatsiya jarayonida faol ishtirok etishga chaqiraman", — dedi vazir oʻrinbosari.
Vaktsina ZF-UZ-VAC2001 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.03.2021
Jamiyat
Oʻzbekiston va Xitoy qoʻshma vaktsina narxini oshkor qilmaslikka kelishib oldi
Maʼlumot uchun ZF-UZ-VAC2001 vaktsinasining immunogen samaralilik darajasi 95-97%, xavfsizlik darajasi 99%ni tashkil qilgan. (Buning uchun vaktsinani 3 marotaba olish kerak) Shu bilan birga ushbu vaktsina koronavirusning yangi Britaniya va JAR shtammlariga qarshi samaraligi juda yuqori, deyilgan edi Innovatsion vazirligining oldingi xabarlarida.
Oʻzbekistonda 1 apreldan ommaviy emalsh boshlangan. Buning uchun oldindan 660 min doza AstraZeneca va 1 million doza ZF-UZ-VAC2001 vaktsinasi olib kelingan edi. Iyun oyida yana 3,5 mln doza vaktsina olib kelish rejalashtirilgan.
Birinchi bosqichda koronavirus kasali katta xavf tugʻidirayotgan aholi toifasi – 65 yoshdan kattalar, surunkali kasali borlar emalanadi. Shuningdek tibbiyot xodimlari, oʻqituvchilar va ichki ishlar xodimlari ham emlanishi nazarda tutilgan.
Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Nurmat Otabek aytishiga qaraganda Oʻzbekistonda ayni damda birinchi navbatda emlanishi kerak boʻlga fuqarolar soni 4,1 mln kishini tashkil qiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala