Iqtisod

Oʻzbekistonda oltin, mis va volfram konlari topildi – Geologiya qoʻmitasi

© Sputnik / Yevgeniy Yepanchintsev / Fotobankka oʻtishMestorojdeniye zolota
Mestorojdeniye zolota - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.04.2021
Geologlar kasb bayrami arafasida qoʻmita vakili 2020 yilda erishilgan yutuqlar va 2021 yilgi rejalar haqida aytib berdi.
TOSHKENT, 2 apr – Sputnik. Oʻzbekistonda oltin, mis va volfram zahiralari topildi, deb xabar qildi Geologiya qoʻmitasining Mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta ishlash boshqarmasi boshligʻi Asror Rustamov.
Oʻtgan 2020 yil davomida Qizilqumda katta oltin koni topildi. Chuqurquduq nomli ushbu konda oltin zahiralari 130 tonna deb baholanmoqda. Ushbu oltin konini davlat balansiga oldik.
Zolotoy slitok  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.09.2020
Iqtisod
Oʻzbekiston 8 oyda 5,8 mlrd dollarlik oltin eksport qildi
Shuningdek, Surxondaryodagi qoʻrgʻoshin-rux koni yonida yana bitta kon davlat zahirasiga oʻtkazdik. Bu Chinorsoy polimetall koni deyiladi. U yerda ham oltin va kumush va boshqa kompleks metall zahiralariga ega boʻlgan kon tasdiqlandi.
Biz hozir yana bir katta mis koni ochilishi arafasida turibmiz. Olmaliqda zahirasi 200 ming tonnaga yaqin boʻlgan mis koni davlat zahirasiga olindi.
Unan tashqari biz Qashqadaryo va Samarqand chegarasida Sarikoʻl degan katta volfram konini davlat zahirasiga oʻtkazdik.
Yuqorida qayd etilgan konlarning ochilishida Respublikada geologiya sohasiga hukumat va prezident tomonidan qaratilayotgan eʼtibor oʻzining ijobiy natijasini koʻrsatmoqda, dedi qoʻmita boshligʻi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala