Rossiya

Rossiyaning yangi koʻrinmas bombardimonchisi qanday boʻladi

© Ministerstvo oboronы RFEskiz perspektivnogo aviatsionnogo kompleksa dalney aviatsii (PAK DA, ili Izdeliye 80)
Eskiz perspektivnogo aviatsionnogo kompleksa dalney aviatsii (PAK DA, ili Izdeliye 80)   - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.04.2021
“Stels-bombardimonchisi”ning tashqi koʻrinishi tasdiqlandi
TOSHKENT, 2 apr — Sputnik. Mudofaa vazirligi “Tupolev” tomonidan ishlab chiqilgan “stels-bombardimonchisi”ning tashqi koʻrinishini tasdiqladi.
Samolyot koʻrinishini kamaytirish va uzoq masofaga moʻljallangan qurollarga ustuvor ahamiyat berildi, dedi RIA Novostiga harbiy-sanoat majmuasidagi manba.
"Dasturni ishlab chiqish ishlari batafsil loyihalash bosqichida, bir nechta tajriba namunalarini qurish ishlari olib borilmoqda", - deb qoʻshimcha qildi agentlik suhbatdoshi.
Unga koʻra, yangi bombardimonchi "uchuvchi qanot" aerodinamik sxemasi boʻyicha quriladi. Samolyot faqat fyuzelyaj ichidagi qurollar bilan taʼminlanadi, shu jumladan istiqbolli uzoq masofali qanotli raketalar va gipertovushli raketalar joylashtiriladi.
Samolyot bortidagi uskunalar iloji boricha, pilotsiz rejimgacha avtomatlashtiriladi. Bombardimonchi kontseptsiyasi "stels” texnologiyalarga va unga mos ravishda foydalanish taktikasiga, shu jumladan "uzoq qoʻl" (uzoq masofali qurol)ga asoslangan.
Shuningdek, bombardimonchi pilotsiz uchish apparatlari guruhini boshqarish, "havo-havo" raketalarining barcha turlarini ishlatishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala