Belarusda sevgilisi yoniga qochib ketgan xizmatdagi askar qidirilmoqda

© Sputnik / Alexey Kudenko / Mediabankka o‘tishBelorusskie voyennoslujashie na seremonii otkritiya sovmestnix antiterroristicheskix ucheniy kollektivnix sil bistrogo reagirovaniya gosudarstv-chlenov ODKB na poligone "Xarbmaydon" v Tadjikistane.
Belorusskie voyennoslujashie na seremonii otkritiya sovmestnix antiterroristicheskix ucheniy kollektivnix sil bistrogo reagirovaniya gosudarstv-chlenov ODKB na poligone Xarbmaydon v Tadjikistane. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.04.2021
Obuna bo‘lish
Muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan harbiy yuk mashinasini boshqargan holda poligonni tark etgan.
TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Belarus mudofaa vazirligi mamlakat huquqni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda o‘zboshimchalik bilan xizmatni tashlab ketgan muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan askarni qidirish bo‘yicha ishlar olib borilayotganini ma’lum qildi.
"Muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan harbiy yuk mashinasini boshqargan holda poligonni tark etgan. Taxminlarga ko‘ra, u sevgan qizi yashaydigan manzil – Poloskiy tumani (Vitebsk viloyati) tomon yo‘l ", - deyiladi vazirlikning Telegram-kanalida.
Xabarda ta’kidlanishicha, avtomobil harakat yo‘nalishi bo‘ylab tezkor ravishda “Tutish” rejasi e’lon qilingan.
Avtoulov qatnov yo‘li yoqasida topilgan. "Ayni vaqtda huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda qidiruv ishlari olib borilmoqda”, - deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, harbiy xizmatchi xizmat davri davomida hech qachon tanbeh eshitmagan, bo‘linmada unga ijobiy xarakteristika berilgan.
Vazirlik xabariga ko‘ra, huquqbuzarlikka tergov ishlari doirasida tegishli baho beriladi.
Yangiliklar lentasi
0