Dunyoda

Britaniyada AstraZeneca bilan emlangach, yetti kishi tromb tufayli vafot etdi

© AFP / MIGUEL MEDINAVaktsina AstraZeneca
Vaktsina AstraZeneca - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.04.2021
Mart oyida Yevropa ittifoqi davlatlarida AstraZeneca bilan emlangan fuqarolarda salbiy oqibatlar yuzaga kelayotgani haqida xabarlar tarqala boshlagan edi.
TOSHKENT, 3 apr — Sputnik. Buyuk Britaniyada yetti kishi AstraZeneca bilan emlangandan soʻng tromblar hosil boʻlishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda britan tibbiyot regulyatori – Dorivor vositalar va tibbiy buyumlarni nazorat qilish boshqarmasi xabar bergan.
Ilgariroq, regulyator Britaniyada AstraZeneca bilan emlangach 30 kishida tromblar hosil boʻlgani haqida xabar bergan edi.
Shu bilan birga, MHRA vaktsinalashning ustuvor jihatlari barcha salbiy oqibatlarni ortda qoldirishini qayd etib oʻtgan.
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.03.2021
Dunyoda
Yevropadagi holatlardan soʻng AstraZeneca vaktsinasi oʻz nomini oʻzgartirdi
Regulyator xabariga koʻra, BioNTech/Pfizer vaktsinasi bilan emlanganlarda bunday holatlar qayd etilmagan.
Eslatib oʻtamiz, mart oyida Yevropa ittifoqi davlatlarida AstraZeneca bilan emlangan fuqarolarda salbiy oqibatlar yuzaga kelayotgani haqida xabarlar tarqala boshlagan edi.
Birinchi boʻlib bu haqda Avstriya bong urdi. Bu davlatda emlash jarayonidan soʻng bir kishida koʻpsonli tromboz yuzaga kelgan va u oradan 10 kun oʻtib vafot etgan, yana bir kishi esa vaktsinalashdan soʻng oʻpka arteriyasi tromboemboliyasi tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Vaktsina AstraZeneca - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.03.2021
Dunyoda
Frantsiyada AstraZeneca bilan emlangan talaba vafot etdi
Avstriyadan soʻng boshqa yevropa davlatlari ham salbiy oqibatlar yuzaga kelayotgani haqida xabar qila boshladi.
Britaniyada bu singari xabarlar tarqalmadi, chunki ushbu davlatda foydalanilayotgan vaktsina Yevropa mamlakatlari foydalanayotgan vaktsinalarni ishlab chiqarayotgan korxonalarda tayyorlanmagan.
Yevropa ittifoqining ayrim davlatlari ehtiyot choralari tariqasida ushbu preparatdan foydalanishni vaqtincha toʻxtatishga qaror qilishdi.
Ammo Yevropa regulyatori tez orada AstraZeneca vaktsinasining xavfsizligi va samaradorligini tasdiqlab, preparat afzalliklari u bilan bogʻliq boʻlgan xatarlardan ancha yuqoriligini qayd etgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala