Jamiyat

Kecha kun davomida Oʻzbekistonda 200ga yaqin kishida koronavirus aniqlandi

CC0 / Unsplash / Daniel Schludi / Butыlochki s vaktsinoy ot koronavirusa. Illyustrativnoye foto
Butыlochki s vaktsinoy ot koronavirusa. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.04.2021
Kasallikning eng koʻp holati Toshkent shahrida - 144 nafar koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
TOSHKENT, 3 apr — Sputnik. Oʻzbekistonda bir sutkada 196 nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi.
2021 yil 2 aprel holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 83435 (+196) nafarni tashkil etmoqda.
Situatsiya s koronavirusom v Indii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.03.2021
Foto
Dunyoda koronavirus bilan bogʻliq vaziyat suratlarda
Yangi kasallanish holatlari Qoraqalpogʻiston Respublikasida – 8, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Sirdaryo viloyatlarida – har birida 2 nafardan; Surxondaryo va Xorazm viloyatida – 1 nafardan,
Buxoro viloyatida – 3, Samarqand viloyatida – 6; Toshkent viloyatida esa 23 kishida aniqlangan.
Kasallikning eng koʻp holati Toshkent shahrida - 144 nafar koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida 146 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sogʻayganlar jami 81449 nafarga yetgan va sogʻayish koʻrsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1356 nafar bemordan 209 nafari ogʻir, 94 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala