Kecha kun davomida O‘zbekistonda 200ga yaqin kishida koronavirus aniqlandi

CC0 / Unsplash / Daniel Schludi / Butilochki s vaksinoy ot koronavirusa. Illyustrativnoe foto
Butilochki s vaksinoy ot koronavirusa. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.04.2021
Obuna bo‘lish
Kasallikning eng ko‘p holati Toshkent shahrida - 144 nafar koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
TOShKENT, 3 apr — Sputnik. O‘zbekistonda bir sutkada 196 nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi.
2021 yil 2-aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 83435 (+196) nafarni tashkil etmoqda.
Situatsiya s koronavirusom v Indii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.03.2021
Dunyoda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat suratlarda
Yangi kasallanish holatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 8, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Sirdaryo viloyatlarida – har birida 2 nafardan; Surxondaryo va Xorazm viloyatida – 1 nafardan,
Buxoro viloyatida – 3, Samarqand viloyatida – 6; Toshkent viloyatida esa 23 kishida aniqlangan.
Kasallikning eng ko‘p holati Toshkent shahrida - 144 nafar koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida 146 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 81449 nafarga yetgan va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1356 nafar bemordan 209 nafari og‘ir, 94 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Yangiliklar lentasi
0