Jamiyat

Oʻzbek olimlari koronavirus genomlarini oʻqishdi - bu maʼlumotlar asosida vaktsina yaratiladi

© REUTERS / NEXU Science CommunicationKoronavirus pod mikroskopom
Koronavirus pod mikroskopom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.04.2021
Oʻzbekistonda tarqalgan koronavirus variantlari haqidagi maʼlumotlar aynan Oʻzbekistonda tarqalgan shtammlarga qarshi yoʻnaltirilgan milliy vaktsinani yaratish ishlari uchun oʻta muhim, deyiladi xabarda.
TOSHKENT, 3 apr — Sputnik. Oʻzbekistonda birinchi marta SARS-CoV-2 virusining 32 ta namunasi genomlari oʻqildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazi olimlari tomonidan Oʻzbekistonda birinchi marta koronavirusning toʻliq genomlari oʻqildi va bioinformatik tahlil ishlari olib borildi. Natijalar koronavirus genom maʼlumotlari uchun ochiq maʼlumotlar tarmogʻi – GISAID maʼlumotlar bazasiga joylandi va tegishlicha rasmiylashtirildi.
Meditsinskiy rabotnik - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.02.2021
Jamiyat
Oʻzbekiston COVID-19 vaktsinasi hammuallifi sifatida tan olindi
Shu munosabat bilan Oʻzbekiston oʻz hududida koronavirusning barcha variantlarini DNK ketma-ketligining toʻliq sekvenlagan 50 ta mamlakat qatoriga kirdi. FA Genomika va bioinformatika markazi olimlari tomonidan Toshkent viloyati Sanitariya-epidemiologiya va jamoat sogʻligʻi boshqarmasi hamda Biogen Med xususiy klinikasidagi birlamchi virus yuqtirgani tasdiqlangan fuqarolarining 62 nafaridan namunalar olindi va yangi avlod sekvenatori yordamida ularning 32 ta namunasi toʻliq sekvenlash orqali tahlil qilindi yoki boshqacha qilib aytganda, DNK ketma-ketligi oʻqildi. Bu 29 903 nukleotid deganidir.
3d model koronavirusa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.11.2020
Jamiyat
Koronavirus tarkibida pandemiyaga sabab boʻlgan yashirin gen topildi
Shuningdek, olimlar qator bioinformatik tahlillar yordamida Oʻzbekistonda tarqalgan virus variantlari hozirgacha oʻqilgan koronavirus maʼlumotlar bazasidagi genomlar bilan solishtirdilar. Natijada, Oʻzbekistondagi COVID-19 variantlarining 18 tasi shajaradagi oʻrni aniqlandi. Unga koʻra, mamlakatimizda uchrayotgan COVID-19 ning variantlari GR (20V) va S (19V) guruhlariga mansubligi ayon boʻldi. Shajaraning GR (20V)tarmogʻida Oʻzbekiston bilan birgalikda asosan Yevropa, Osiyo, Afrika va Avstraliya qitʼasi vakillari joylashgan boʻlsa, S (19V) guruhida esa Osiyo va Afrikaga xos virus genomlari joylashgan. Bu ushbu ikkita guruh orqali Oʻzbekistongaga kirib kelgan viruslarning manbai bitta emasligini anglatadi.
Rabota aeroporta Vnukovo - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.02.2021
Jamiyat
Koronavirusning “britancha” shtammi alomatlari
Taʼkidlash joizki, SARS-CoV-2 virusining genom maʼlumotlari ilk bora 2020-yilning yanvar oyida Xitoyda aniqlangan. Oʻsha paytdan boshlab butun dunyoda tarqalgan koronavirus namunalari olinib, genomlarini sekvenlash ishlari boshlandi. Genomlarni aniqlash mahalliy va global miqyosda epidemiologik tadqiqotlar oʻtkazish uchun zarur boʻlib, virusning evolyutsion tahlilini amalga oshirish, uni qayerda paydo boʻlgani, qanday mutatsiyalarga uchragani va boshqa maʼlumotlarni beradi. Bu maʼlumotlar yordamida esa vaktsina yaratiladi.
Oʻzbekistonda tarqalgan koronavirus variantlari haqidagi maʼlumotlar aynan Oʻzbekistonda tarqalgan shtammlarga qarshi yoʻnaltirilgan milliy vaktsinani yaratish ishlari uchun oʻta muhimdir.
"Oʻzbekistonda tarqalgan COVID-19 variantlaring toʻliq genom DNK ketma-ketliklarining aniqlanishi va dunyo maʼlumotlar bazasi bilan qiyosiy tahlillari virusning yurtimiz sharoitida oʻzgarishining doimiy monitoringini amalga oshirishdagi katta qadam boʻldi. Qolaversa, bu oxirgi yillarda Yangi Oʻzbekistonda ilm-fan va olimlarimizga yaratib berilayotgan katta imkoniyatlarning dastlabki natijalaridan biridir", - deyiladi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala