Sahrodagi qasrlar: Qoraqalpog‘iston bog‘chalari qanday isloh qilinmoqda? Sputnik reportaji

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaDetskiy sad v Karakalpakii
Detskiy sad v Karakalpakii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.04.2021
Obuna bo‘lish
Bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasida olib borilayotgan islohotlar natijasiga qarab, inson o‘z zakovati va mehnatsevarligi tufayli sahroni bo‘stonga aylantirib yuborishi mumkinligiga guvoh bo‘lish mumkin.
Bilamizki, cho‘l, sahro – inson yashashi uchun ko‘p ham to‘g‘ri kelmaydi. Suv tanqisligi, qumli to‘fonlar, qolaversa, hosilsiz yerlar – bularning barchasi inson hayot kechirishi uchun noqulayliklar yaratadi, xolos. Ammo, bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasida olib borilayotgan islohotlar natijasiga qarab, inson o‘z zakovati va mehnatsevarligi tufayli tabiatning barcha injiqliklariga qaramay, sahroni bo‘stonga aylantirib yuborishi mumkinligi, sahro kundan-kunga chiroy ochib, maftunkor oazisga aylanib borayotganiga guvoh bo‘lish mumkin.
Ellik-kala, Karakalpakstan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.11.2020
Qoraqalpog‘iston qiyofasi o‘zgaradi: yangi uch yillik dastur ishga tushirilmoqda
Qoraqalpog‘iston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar natijasini ko‘rsatib berish, shuningdek, Muynoq tumanining yangi qiyofasi, Orol bo‘yi mintaqasi bolalari uchun davlat maktabgacha ta’lim muassasasida yaratilayotgan sharoitlarni ko‘rsatish maqsadida Maktabgacha ta’lim vazirligi mahalliy va xorijiy OAV vakillari uchun ikki kunlik press tur tashkil etdi.
Ushbu tadbirda ishtirok etgan Sputnik O‘zbekiston muxbiri taassurotlari bilan bo‘lishmoqda.

Maktabgacha ta’lim tizimining isloh qilinishi

2017 yil - Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etilgan davrda Qoraqalpog‘istonda jami 318 ta bolalar bog‘chasi bo‘lgan. Respublikada 3-7 yosh orasidagi bolalar soni o‘shanda 150 mingga yaqin edi va ularning atigi 48 mingdan sal ortig‘i (33 foizga yaqini) bog‘chalar bilan qamrab olingan.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.02.2018
Prezident maktabgacha ta’lim tizimini isloh qilishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazmoqda
MTV tashkil etilishi bilan ushbu hududga alohida e’tibor qaratilib, bog‘chalar yetishmasligi muammosi sekin-asta o‘z yechimini topa boshladi: bolalar bog‘chalarining tashqi ko‘rinishi o‘zgardi, bog‘chalarni reja asosida ta’mirlash ishlari hamda yangi MTTlarni qurish ishlari boshlab yuborildi.
Bugun, 2021-yilga kelib, Qoraqalpog‘istondagi bog‘chalar soni jami 1033 taga, 3-7 yosh oralig‘idagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olish darajasi esa qariyb 70 foizga yetdi.
Ammo, O‘zbekiston rahbari tomonidan ilgari surilgan ustuvor vazifa faqatgina 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni 100 foiz bog‘chalar bilan qamrab olinishidan iborat emas. Balki, barpo etilayotgan MTTlar, xoh u davlat, xoh u nodavlat muassasasi bo‘lsin, eng yuqori talablarga javob berishi lozim. Bu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, bugungi kunda islohotlar faol amalga oshirilmoqda.

Qoraqalpog‘iston haqidagi ilk taassurotlar

Rejaga ko‘ra, jurnalistlar guruhi tanishadigan birinchi obyekt - Nukus shahridagi “Kumbiz auil” MFY hududidagi, 2019-yilning aprel oyida ishga tushgan 48-sonli “Tabassum” maktabgacha ta’lim muassasasi edi.
Ochig‘i, Qoraqalpog‘istonga Urganch orqali kirib kelganimiz, yo‘l-yo‘lakay faqat bepoyon, ba’zi joylari sho‘rlagan sahro, saksovullar va chorvaga ko‘zimiz tushgani uchunmi, “bu yerlarning bog‘chalari qanday bo‘lishi mumkin?” degan fikr ko‘pchilikni ikkilantirib qo‘ygan edi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaSelskie jiteli, peregonyayut skot cherez trassu, Karakalpakiya
Selskie jiteli, peregonyayut skot cherez trassu, Karakalpakiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.04.2021
Selskie jiteli, peregonyayut skot cherez trassu, Karakalpakiya

Toshkentda bori Nukusda ham bor

Nukusga kelgach, ikki qavatli avtobusda manzil tomon yo‘l oldik. Shaharning qoq markazidan o‘tib borar ekanmiz, zamonaviy binolar, do‘konlar, ko‘rkam turar joylar ortimizda qolaverdi. Sahro o‘rtasida shunday shahar borligini tasavvur qilish qiyin edi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaGorod Nukus, Karakalpakiya
Gorod Nukus, Karakalpakiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.04.2021
Gorod Nukus, Karakalpakiya
Avtobusimiz ikki qavatli hashamatli bino oldiga kelib to‘xtadi. Shu yer bog‘chaligini aytishganida hamkasblarimdan biri sekingina “Haqiqiy qasrning o‘zi-ku!” deya hayratini yashirmadi.
Bizga peshvoz chiqqan MTT rahbari Oltin Jusbekova MTTni biz, jurnalistlarga tanishtirar ekan, go‘yoki "qasr"ga o‘xshaydi degan gaplarni eshitib qolgandek: “Bolalar bizning kelajagimiz, ular go‘zallik, o‘yinlar, ertaklar, fantaziya va ijod olamida yashashlari kerak. Bog‘chaning tashqi va ichki ko‘rinishi bolalarimizga yoqadigan bo‘lishi kerak”, deya ta’kidladi va har bir tumanda xuddi shunday filiallari borligini qo‘shimcha qildi.
Bu gaplardan keyin qiziqib bog‘cha bo‘ylab ekskursiyaga yo‘l olamiz. Eshikdan kiraverishda issig‘imiz o‘lchanadi, qo‘limizga antiseptik purkaladi.
Bolalarning oyoq kiyimlari uchun mo‘ljallangan maxsus javonlarga ko‘zimiz tushgach esa MTTning O‘zbekiston poytaxti – Toshkent shahridagi zamonaviy bog‘chalardan mutlaqo farqi yo‘qligiga shubhamiz qolmaydi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaKnijniy shkafchik v sadike, Karakalpakiya
Knijniy shkafchik v sadike, Karakalpakiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.04.2021
Knijniy shkafchik v sadike, Karakalpakiya
Toshkentdagi barcha sharoitlar Nukusda ham bor edi.

Zamonaviy va ko‘rkam

Gullar bilan bahor mavsumiga mos bezatilgan xoll, yorug‘ va keng o‘yin xonasi, sport va raqs uchun mo‘ljallangan keng zal, alohida oshxona, barcha shart-sharoitlarga ega sanitar xonasi, zamonaviy modulli mebel, inventarlar, rang-barang o‘yinchoqlar... Hatto devordagi bolalarga yoqadigan multik qahramonlari aks etgan gulqog‘ozlargacha e’tiborimizdan chetda qolmadi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaDetskiy sadik v Karakalpakii
Detskiy sadik v Karakalpakii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.04.2021
Detskiy sadik v Karakalpakii
Bolalar biz, qiziquvchan jurnalistlarni ko‘rib, hatto tortinishmadi. Aksincha, ular stol atrofiga besh-olti nafardan jam bo‘lib, berilib o‘ynar edilar.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaDoshkolnaya obrazovatelnaya organizatsiya "Tabassum", Karakalpakiya
Doshkolnaya obrazovatelnaya organizatsiya  Tabassum, Karakalpakiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.04.2021
Doshkolnaya obrazovatelnaya organizatsiya "Tabassum", Karakalpakiya
Faqatgina suratga olishni boshlaganimda, 4-5 yosh atrofidagi yuzlari lo‘ppi bolakay “Ayfon”, deya xabar o‘qiyotgandek rasmiy ohangda do‘stlariga qo‘limdagi telefonga ishora qildi.
Stol atrofidagi bolalar birdan o‘yinni to‘xtatib, hammasi telefonga nigohlarini qaratishdi. “To‘g‘ri”, dedim bolakayning gapini ma’qullab.
“Qanchaga oldingiz?” mittivoyning bu savolidan keyin tabassum qilib, bolalar bilan tanishishga kirishaman.
Kichkintoylar menga rus, ingliz tillarida sanab berishdi, shaxmat, domino o‘yinlarini yaxshi ko‘rishlarini aytishdi. Ayzada ismli qizaloq esa qo‘llarida momiqqina tulkini o‘ynatib, qo‘shiq kuylab berdi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaDeti v detskom sadike "Tabassum", Karakalpakiya
Deti v detskom sadike Tabassum, Karakalpakiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.04.2021
Deti v detskom sadike "Tabassum", Karakalpakiya
Darvoqe, bog‘chadagi tarbiyachilar bolalarning bog‘chadagi hayotini qiziqarli va mazmunli qilish uchun 2018-yildan boshlab MTT tizimida joriy etilgan "Ilk qadam" davlat dasturi asosida ish olib boradilar.
© Press-slujba MDO RUzDeti v detskom sadike, Karakalpakiya
Deti v detskom sadike, Karakalpakiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.04.2021
Deti v detskom sadike, Karakalpakiya

Shahar va qishloqlarda bolalar uchun sharoitlar bir xil

Bugungi kunda Qoraqalpog‘istonning nafaqat shahar joylari, balki olis qishloqlari, jumladan, Orolbo‘yi hududlarida ham zamonaviy bog‘chalar qurilishi jadallik bilan amalga oshirilmoqda.
V Muynake otkrili dva novix sovremennix detskix sada - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.04.2021
Orolbo‘yi hududi - Mo‘ynoqda ikkita zamonaviy bolalar bog‘chasi foydalanishga topshirildi
Xususan, jurnalistlar Mo‘ynoq tumanida ikkita zamonaviy, eko-jihozlar bilan bezatilgan va yuqorida ta’rifi keltirilgan "qasrga monand" bog‘cha bilan shart-sharoitlari teng bo‘lgan MTTlar ochilishida ishtirok etishdi.
Tantanali tadbirda qatnashgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri Jumagul Usnatdinovaning aytishicha, bugun Qoraqalpog‘istondagi 17 tumanning 10 tasidagi bog‘chalar to‘liq rekonstruksiyadan o‘tgan.
Xususan, Orolbo‘yi hududi – Mo‘ynoqda rekonstruksiya qilinmagan yoki ta’mirdan chiqmagan bog‘chaning o‘zi yo‘q.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaDetskiy sadik v Priaralye
Detskiy sadik v Priaralye  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.04.2021
Detskiy sadik v Priaralye
MTV, shuningdek, maktabgacha ta’limning yangi shakllarini faol rivojlantirib, qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Xususan, bog‘chalar qurishni istagan ishbilarmonlarga 1 foizli kreditlar ajratilgani bois, bugungi kunda xususiy sektorning sohadagi ishtiroki kundan-kun ortib bormoqda. Qoraqalpog‘istonda davlat-sherikchilik asosidagi bog‘chalar soni 90 taga yaqinlashgan, uy-bog‘chalari ham ommalashmoqda - soni 600 taga yetgan. Ishsiz, "Ayollar daftari", "Temir daftar"larda ro‘yxatda turadigan xotin-qizlar ushbu maktabgacha ta’lim muassasalariga ishga jalb qilinmoqda.
Joriy yil oxirigacha Qoraqalpog‘istonda 130 ta uy-bog‘chalari, shuningdek, 11 ta davlat-sherikchilik asosidagi bog‘chalar ochilishi rejalashtirilgan.
Eng olis hududlar, to‘rtta tumanda esa bepul mobil bog‘chalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Bog‘chaga bormagan "bog‘cha vaziri"

Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri Jumagul Usnatdinova o‘zining bolalik damlari va hozirgi bolalar o‘rtasidagi farqlar haqida gapirar ekan, juda qiziq bir faktni ochiqlaydi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaJumagul Usnatdinova, ministr doshkolnogo obrazovaniya Respubliki Karakalpakstan
Jumagul Usnatdinova, ministr doshkolnogo obrazovaniya Respubliki Karakalpakstan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.04.2021
Jumagul Usnatdinova, ministr doshkolnogo obrazovaniya Respubliki Karakalpakstan
Ma’lum bo‘lishicha, Jumagul Usnatdinova bolaligida bog‘chaga bormagan.
Shu gapni aytib, bir qiziq voqeani yodga oladi.
2017 yil, Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil topgandan so‘ng, dekabr oyida O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonning Shimbay(Chimboy) tumanidagi 18-sonli bolalar bog‘chasiga kelgan.
– Prezident biz bilan uchrashgan o‘sha kun kechagidek yodimda, - deydi vazir. – Dekabr oyi, havo 18 daraja sovuq edi. Bir vaqt "Bu yoqqa keling, vazir, siz bog‘chaga borganmisiz?" deya savol berib qoldilar kutilmaganda. O‘shanda nima deb javob qaytarishni bilmay, bir muddat kalovlanib qolganman. Prezidentni aldab bo‘ladimi? Bog‘chaga bormaganimni aytishdan qanchalik or qilsam ham, "borganman" deb ham aytolmayman! Bordiyu "bormaganman" desam, "unda nega vazir bo‘lib o‘tiribsiz?" deb qolishadimi, degan hadik ham bo‘lgan, rostini aytsam. Axiyri, butun irodamni to‘plab, "Muhtaram prezident, men bog‘chaga bormaganman", dedim. Shunda u kishi mendan yana: "Bog‘chaga borgan bola bilan bormagan bolaning o‘rtasida farq bormi?" deb so‘radilar. "Albatta, bor, osmon bilan yercha farq bor. Bog‘chaga bormaganim men uchun armon bo‘lib qolgan", deya rostini aytdim.
Pervoe v Uzbekistane spetsializirovannoe doshkolnoe uchrejdenie s reabilitatsionnim sentrom   - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.05.2019
Maktabgacha ta’lim xodimlari lavozim maoshlariga 100 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi
– Bolalarni yaxshi ko‘rganim, sohamga mehrim bo‘lakchaligi tufayli shu lavozimga kelganman, - deydi vazir intervyu davomida.
– Bola shaxs sifatida shakllanishni aynan bog‘chada boshlaydi. U bog‘chada jamiyatda o‘z o‘rnini topishni o‘rganadi. Bog‘cha uzluksiz ta’limning birinchi bosqichi, bo‘g‘ini, men o‘ylaymanki, Uchinchi Renessansga o‘tish davrining fundamentini aynan bizning tizimimiz – maktabgacha ta’lim vazirligi tayyorlab beradi. Agar bizlar kuchli bo‘lmasak, bizlar har tomonlama komil shaxslarni tayyorlab bermasak, rivojlanish kechikadi, - deydi Jumagul Usnatdinova.
Millatning, davlatning raqobatbardoshligi uning ilmliligi darajasi bilan belgilanadi. Shu bois, ta’lim jarayonini aynan bog‘cha davridan boshlash va bu tizimni qayta ko‘rib chiqishga zarurat tug‘ilgan edi, deya xulosa qiladi vazir.
Hamma bolalar bir, xoh u Toshkentda yashasin, xoh u Usturtda, ularga munosabat va e’tibor ham bir xil bo‘lishi lozim. U qayerda tug‘ilishidan va yashashidan qat’iy nazar, bir kun kelib shu millat nomidan gapiradi, shu millatni o‘zida ifoda qiladi. Har bir bola millatning himoyachisi, iftixori va o‘zligi sanaladi. Shundan ham bugun O‘zbekiston o‘z bolalariga mana shunday – jiddiy va mehr bilan e’tibor qaratmoqda. Millat nafaqat buguni, balki ertasining ham tashvishini qilmoqda. Qilinayotgan ishlar esa o‘z natijasini ko‘p kuttirmaydi, yaqin orada mevasini bera boshlaydi.
Qoraqalpog‘iston safaridan shunday xulosaga keldim.
Yangiliklar lentasi
0