Jamiyat

Samarqandda 100 yoshli otaxon koronavirusga qarshi emlandi

© Upravleniye zdravooxraneniya po Samarkandskoy oblastiStoletniy starik privilsya ot koronavirusa v Samarkande
Stoletniy starik privilsya ot koronavirusa v Samarkande - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.04.2021
TOSHKENT, 3 apr - Sputnik. Samarqand shahrida yashovchi yuz yoshni qarshi olgan Qarshiyev Narziqul ota koronavirusga qarshi emlandi. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga Samarqand viloyati Sogʻliqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Eldor Muhammadiyev maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, yuz yoshli otaxon vaktsinalashga birinchilardan boʻlib rozilik bergan va emlanganidan uch kun oʻtib, oʻzini yaxshi his etmoqda.
Shahar tibbiyot birlashmasi boshligʻi Ahmadjon Bobojonov bugun otaxonning holidan xabar olgan. Otaxonga nogironlik aravachasi tortiq etilgan.
© Press slujba Samarkandskogo oblastnogo upravleniye zdravooxraneniya RUzV Samarkande stoletniy jitel goroda Narzikul Karshiyev privilsya ot koronavirusa
V Samarkande stoletniy jitel goroda Narzikul Karshiyev privilsya ot koronavirusa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.04.2021
V Samarkande stoletniy jitel goroda Narzikul Karshiyev privilsya ot koronavirusa
Otaxon bundan yuz yil burun sodir boʻlgan "ispanka" epidemiyasining soʻnggi yilida tavallud topgan. Shuningdek, Rossiyadagi oktyabr inqilobi va Ikkinchi jahon urushini ham boshdan kechirgan.
Vaktsinatsiya v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.04.2021
Foto
Toshkentda COVID-19ga qarshi emlash qanday boʻlib oʻtmoqda
Eslatib oʻtamiz, emlash jarayonlarida fuqarolar kerakli tibbiy tekshirulardan oʻtkazilib, soʻngra emlashga ruxsat berilmoqda.
Vaktsina olgan fuqarolar kunlik nazoratda boʻlib, hozirga qadar hech qanday nojoʻya taʼsir kuzatilgani yoʻq.
Oʻzbekistonda 1 apreldan ommaviy emlash tadbirlari boshlangan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala