Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Jamiyat

Senatda suitsidning oldini olish masalasi muhokama qilindi

© Ofitsialnыy sayt prezidentaZasedaniye Senata Oliy Majlisa
Zasedaniye Senata Oliy Majlisa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.04.2021
Yigʻilishda xotin-qizlar bilan ishlashda himoya orderi mexanizmi yoʻlga qoʻyilgani va bu yuz berishi mumkin boʻlgan turli holatlarning oldini olishga xizmat qilayotgani qayd etilgan.
TOSHKENT, 3 apr - Sputnik. Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senatida oʻz joniga qasd qilish holatlarining oldini olish hamda unga moyil boʻlgan shaxslar bilan kompleks ishlash boʻyicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi muhokama qilindi.
Xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Buxoro viloyatida olib borilayotgan ishlar holati koʻrib chiqilgan.
Taʼkidlanishicha, xotin-qizlar bilan ishlashda himoya orderi mexanizmi yoʻlga qoʻyilganligi yuz berishi mumkin boʻlgan turli holatlarning oldini olishga xizmat qilmoqda. Jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2020 yilda 1245 nafar, Buxoro viloyatida 862 nafar ayollarga berilgan himoya orderlari oilaviy munosabatlarning izga tushishini taʼminlagan.
Oʻz joniga qasd qilish holatlarining oldini olish hamda unga moyil boʻlgan shaxslar bilan kompleks ishlash boʻyicha hududlardagi maktab, oʻrta kasb-hunar taʼlimi muassasalari va oliy taʼlim muassasalarida psixolog mutaxassislar tomonidan tizimli ish olib borilmoqda.
Militsiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.10.2020
Suv omboridagi qotillik: Namanganda ayol ikki farzandini oʻldirib, soʻng oʻz joniga qasd qildi
Xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Buxoro viloyati barcha tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida joylashgan “Ijtimoiy-psixologik yordam koʻrsatish xonasi” psixiatr shifokorlarning hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlarning yillik rejalari ishlab chiqilgan va tegishli tashkilot hamda muassasalar tomonidan tasdiqlangan.
Majlisda bu borada yechimini kutayotgan muammolar mavjudligi qayd etilgan. Jumladan, Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan oʻz joniga qasd qilgan oilalar bilan ishlash boʻyicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilmaganligi, oʻrganilgan hududlarda ishlab chiqilgan idoralararo chora-tadbirlar ijrosi boʻyicha tizimli ishlar tashkil etilmaganligi, zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda oʻz joniga qasd qilishning oldini olish hududiy markazlari faoliyati yetarli darajada tashkil etilmaganligi taʼkidlangan.
Karantinnыy tsentr v Kommunarke  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.09.2020
Qaygʻuli muhabbat: Namanganda yigit va qiz oʻz joniga qasd qildi
Shuningdek, kelgusida bunday holatlarning oldini olish hamda oʻz joniga qasd qilishga moyil boʻlgan shaxslar bilan kompleks ishlash boʻyicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqildi va Qoʻmitalarning qoʻshma qarori qabul qilingan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala