Sentabr oyida “Zarchob-2” kichik GESini topshirish ko‘zda tutilmoqda - Sanginov

© Press-slujba Senata Oliy MajlisaChlen Senata Oliy Majlisa Uzbekistana, predsedatel pravleniya AO "Uzbekgidroenergo" Abdugani Sanginov
Chlen Senata Oliy Majlisa Uzbekistana, predsedatel pravleniya AO Uzbekgidroenergo Abdugani Sanginov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.04.2021
Obuna bo‘lish
Sanginovning aytishicha, hozirgi kunda, “Zarchob-3 kichik GES”ning texnik-iqtisodiy asoslari ham ishlab chiqilmoqda.
TOShKENT, 3 apr — Sputnik. “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisi, senator, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi” Abdug‘ani Sanginov -“Zarchob-1 kichik GES”ning ochilish marosimida nutqida sentabr-oktabr oylarida Surxondaryoda “Zarchob-2” kichik GESini topshirish ko‘zda tutilganini ma’lum qildi.
Sanginovning aytishicha, hozirgi kunda, “Zarchob-3 kichik GES”ning texnik-iqtisodiy asoslari ham ishlab chiqilmoqda.
V Surxandarye vveli v stroy maluyu GES Zarchob-1 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.04.2021
Surxondaryoda "Zarchob-1" kichik GESi ishga tushirildi
“Hozirgi kunda, “Zarchob-3 kichik GES”ning texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilmoqda. Yana bir yutug‘imiz, “Zarchob-1 kichik GES” bilan bir vaqtda Zarchob podstansiyasini ham foydalanishga topshirganligimizdir. Bu podstansiya aqlli va zamonaviy texnologik qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lib, Zarchob-1, Zarchob-2, To‘polang, Gulcha hamda Regar podstansiyalarini yagona energotizimda birlashtiradi”, - deya ta’kidladi Sanginov.
“O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati o‘tgan 2020-yilda, murakkab pandemiya sharoitlariga qaramasdan, puxta reja va qat’iy ishchi tartib asosida tomonidan 6 ta yangi qurilish va modernizatsiya loyihalari foydalanishga topshirgan.
Mazkur loyihalarning umumiy quvvati 118,3 MVtni tashkil etadi. Bu esa, qo‘shimcha ravishda 543 mln. kVt.soat elektr energiyasini ishlab chiqarilishiga zamin yaratadi.
Eslatib o‘tamiz, sal oldin “Zarchob-1” kichik GESi ishga tushirilgani haqida xabar bergan edik.
“Zarchob-1 kichik GES”ga 2 ta gidroagregat o‘rnatilgan bo‘lib, ularning umumiy quvvati 37,4 MVtni tashkil etadi.
Yangiliklar lentasi
0