Surxondaryoda "Zarchob-1" kichik GESi ishga tushirildi

© Press slujba "Uzbekgidroenergo"V Surxandarye vveli v stroy maluyu GES "Zarchob-1"
V Surxandarye vveli v stroy maluyu GES Zarchob-1 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.04.2021
Obuna bo‘lish
GES uchun zaruriy texnologik qurilmalar Xitoy tomonidan yetkazib berilgan
TOShKENT, 3 apr – Sputnik. Curxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida bugun, 3-aprel kuni yangidan barpo etilgan "Zarchob-1" kichik GES ishga tushirildi, deb xabar bermoqda “O‘zbekgidroenergo” axborot xizmati.
Tantanali marosimda “O‘zbekgidroenergo” AJ rahbariyati, viloyat hokimligi mutasaddilari, “To‘polang GES” UK, “Zarchob-1 kichik GES” mas’ul vakillari hamda soha mutaxassislari ishtirok etgan.
Na Sardobinskom vodoxranilishe v Sirdarinskoy oblasti nachalos stroitelstvo maloy gidroelektrostansii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.04.2020
Sirdaryoda kichik GES qurilishi boshlandi
Qurilishi 2017-yilda boshlangan “Zarchob-1” kichik GES “Gidroproyekt” AJ (“O‘zbekgidroenergo” AJning tizim tashkiloti) tomonidan loyihalashtirilgan.
GES uchun zaruriy texnologik qurilmalar esa Xitoyning yetakchi kompaniyasi bo‘lmish “Dongfang Electric International Corporation” tomonidan yetkazib berilgan.
“Zarchob-1” kichik GESga 2 ta gidroagregat o‘rnatish belgilangan bo‘lib, ularning umumiy quvvati 37,4 MVtni tashkil etadi.
“Zarchob-1” kichik GESda qurilish-montaj ishlari yakunlanib, sozlash va sinovdan o‘tkazish ishlari, avtomatik tizim boshqaruvini markazlashgan boshqarmadan boshqarish ishlari amalga oshirilgan.
Xabarda aytilishicha, stansiyadagi gidroinshootlar sinov-tajriba jarayonidan muvaffaqiyatli o‘tgan. To‘polang darosidan suv olib o‘tuvchi "Zarchob-1" kichik GESga keluvchi 480 m uzunlikdagi tunnel va 1 300 m uzunlikdagi kanalda suv haydalib, sinov ishlari o‘tkazilgan. Bosimli hovuzdagi suv ko‘tarish inshootlari ishchi shay holatiga keltirilib, belgilangan tartibda sinovdan o‘tkazildi.
"Eng ahamiyatli jihati shundaki, ushbu resurslar tabiiy va qayta tiklanuvchandir. GESlar tomonidan ekologiyaga hech qanday zarar yetkazmagan holda, barqaror energiya ishlab chiqarilib, viloyat sanoat korxonalari, turli idoralar va mahalliy aholiga yetkazib beriladi", - deb ta’kidlaydi "O‘zbekgidroenergo matbuot xizmati.
Mazkur loyihani ishga tushirilishi natijasida Surxondaryo viloyatining elektr energiyaga bo‘lgan talabining muayan qismini, sanoat va iqtisodiyot korxonalarini gidroenergiya hisobidan ta’minlash imkoni vujudga keladi.
Yangiliklar lentasi
0