Jamiyat

COVID-19: Oʻzbekistonda uch kunda emlangan soni 23,7 ming nafardan oshdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVaktsinatsiya v Tashkente
Vaktsinatsiya v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.04.2021
Vaktsinatsiyaning uchinchi kunida Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlaridan jami 9551 nafar fuqaro emlandi.
TOSHKENT, 4 apr — Sputnik. Oʻzbekistonda uch kun mobaynida 23 ming 780 kishi koronavirusga qarshi emlandi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.
Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, vaktsinatsiyaning uchinchi kunida Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida jami 9551 nafar fuqaro emlangan.
Vaktsina olganlarning 3441 nafarini 65 yoshdan yuqori fuqarolar va 6110 nafarini tibbiyot xodimlari tashkil qilgan.
Emlashning birinchi kuni: nega oʻzbekistonliklarga emlangandan soʻng darhol javob berilmayapti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.04.2021
Video
Emlashning birinchi kuni: nega fuqarolarga emlangandan soʻng darhol javob berilmayapti
3 aprel kunidagi emlash koʻrsatkichlari boʻyicha yuqori oʻrinlarni Toshkent shahri (2105 nafar), Namangan viloyati (1189 nafar), Buxoro viloyati (1166 nafar), Andijon viloyati (1083 nafar) va Toshkent viloyati (844 nafar) band qildi.
Eslatib oʻtamiz, mamlakat aholini koronavirusga qarshi ommaviy emlash 1 apreldan boshlangan. 1 aprel kuni 5018 nafar, 2 aprel kuni 9211 esa nafar fuqaro emlangan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala