Hodisalar

Jizzaxda oʻgʻri 20 yil avval maktab oʻquvchisini zoʻrlagani fosh etildi

© Sputnik / Abzal KaliyevOgrableniye
Ogrableniye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.04.2021
Ayblanuvchi qizni pichoq bilan qoʻrqitgan va birov bilsa oʻldirishini aytgan.
TOSHKENT, 4 apr — Sputnik. Jizzax viloyati Paxtakor tumani 20 yil avval maktab oʻquvchini zoʻrlagan shaxs ushlandi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabar qildi.
Xabarda yozilishicha, tumandagi Chamanzor qishloq fuqarolar yigʻinida yashovchi SH.E.ning uyida oʻgʻrilik yuz bergan. Xonadon derazasi ochiqligidan foydalangan oʻgʻri yotoqxonadagi seyfning qulfini buzib, 8 million soʻm pulni olib ketgan.
Devushka zakrыvayet litso rukami - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.03.2021
Hodisalar
Navoiylik yosh qiz qarz evaziga Turkiyada sotib yuborildi
Tezkor qidiruv tadbirlari natijasida bu ishni jabrlanuvchining mahalladoshi M.B. sodir qilgani aniqlangan. Undan 351 ming soʻm hujjatlashtirib olingan.
Tergovga qadar surishtiruv davomida ayblanuvchining yana bir jinoyati fosh qilingan. Ayon boʻlishicha, u 2001 yilning 1 oktyabrida hududdagi turar joylardan birining yotoqxonasiga kirib, maktab oʻquvchisini zoʻrlagan. Qizni pichoq bilan qoʻrqitgan. Keyin birovga aytsa oʻldirish bilan tahdid qilgan.
Jinoyatini yashirish maqsadida qizning kiyim-kechagini oʻz yashash joyidagi hojatxonaga tashlab yuborgan.
Mazkur holat boʻyicha ham jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala