Video

Oʻzbekiston, bu boshlanishi: kamarlarini himoya qilgan Ahmadaliyev nimalarni vaʼda qildi

Murodjon Ahmadaliyev yaponiyalik Ryosuke Ivasani nokautga uchratdi va chempionlik kamarlarini munosib himoya qildi.
Toshkentdagi “Humo Arena” muz saroyida professional boks kechasi tashkil etildi.
Kechaning asosiiy jangi oʻzbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev va yaponiyalik Ryosuke Ivasada oʻrtasida kechdi.
12 raund davom etishi moʻljallangan jang 5-raundda Murodjon foydasiga hal boʻldi. Beshinchi raundda Ahmadaliyev zarbalar seriyasini ijro etdi va hakam jangni muddatidan avval jangni toʻxtatdi.
Shu tariqa, Murodjon Ahmadaliyev raqibi ustidan gʻalaba qozonib, WBA va IBF kamarlarini oʻzida saqlab qoldi.

“Xudo xohlasa, bu hali boshlanishi. Bunaqa kamarlarning koʻpini Oʻzbekistonga olib kelib, sizlarning yuzlaringizni yorugʻ qilaman. Xursand qilaman. Katta rahmat”, - dedi jangdan soʻng Ahmadaliyev.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala