Oʻzbekiston va Afgʻoniston oʻrtasida tibbiyot turizmi rivojlantiriladi

© Press-slujba Goskomturima UzbekistanaMeditsinskiy turizm budet razvivatsya mejdu Uzbekistanom i Afganistanom
Meditsinskiy turizm budet razvivatsya mejdu Uzbekistanom i Afganistanom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.04.2021
Xorijiy tadbirkorlar Oʻzbekistonning turizm salohiyatini inobatga olgan holda qoʻshma loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanini bildirishdi.
TOSHKENT, 4 apr — Sputnik. Oʻzbekiston va Afgʻoniston oʻrtasida tibbiyot turizmi rivojlantiriladi. Bu haqda bosh vazir oʻrinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi Aziz Abduhakimovning Afgʻonistonning Oʻzbekistondagi elchisi Ahmad Xolid Elmiy bilan uchrashuvida maʼlum qilindi.
Uchrashuvda “PrivaZorg Maastricht” kompaniyasi direktori, “Nobama care” (Niderlandiya) kompaniyasi raisi B.Nizomiy hamda “Jawzjan Al-Hayot” kasalxonasi (Afgʻoniston) muassisi A.Xamiylar ham ishtirok etishdi.
Xorijlik mehmonlar Oʻzbekistonning turizm sohasidagi islohotlar, yangi yoʻnalishlar va turistik mahsulotlar, “Uzbekistan SafeTravel GUARANTEED” sanitariya-epidemiologiya xavfsizligi tizimi bilan tanishishdi.
V Tashkente nachalsya Xotel biznes forum  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.03.2021
Iqtisod
Turizm sohasi tez orada inqirozdan chiqib ketadi – Aziz Abduhakimov
Tomonlar Oʻzbekistonda tibbiyot turizmini rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar va oʻziga xos xususiyatlar haqida atroflicha fikr almashishdi. Xorijiy tadbirkorlar mamlakatning yuksak turizm salohiyatini inobatga olgan holda qoʻshma loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanini bildirishdi.
“Privazorg Maastricht” Niderlandiyadagi “PrivaZorg” tibbiy muassasasini qoʻllab-quvvatlovchi mintaqaviy markaz. U “uyda parvarish qilish”ga ixtisoslashgan. “Nobama Care” kompaniyasi toʻliq tibbiy yordamga ega qariyalar uylari tarmogʻidir.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala