Jamiyat

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan haykaltarosh Yakov Shapiro vafot etdi

CC0 / / Svecha
Svecha  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.04.2021
Toshkentda Yakov Shapiro metroning beshta stantsiyasi, jumladan, “Mustaqillik maydoni” va “Buyuk ipak yoʻli” stantsiyalari uchun pannolar tayyorladi.
TOSHKENT, 4 apr — Sputnik. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi, haykaltarosh Yakov Iosifovich Shapiro 83 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Oʻzbekiston madaniy merosi dunyo toʻplamlarida” xalqaro multimedia loyihasi xabar qildi.
© Yevgeniy Olevskiy / Pisma o TashkenteYakov Shapiro
Yakov Shapiro - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.04.2021
Yakov Shapiro
Uning ijod namunalari Oʻzbekiston, Rossiya, AQSH, Frantsiya, Italiya, Isroil, Yaponiya va boshqa davlatlarda oʻrnatilgan. Toshkentda Yakov Shapiro metroning beshta stantsiyasi, jumladan "Mustaqillik maydoni" va "Buyuk ipak yoʻli" stantsiyalari uchun pannolar tayyorladi.
Bundan tashqari, haykaltarosh Oʻzbekiston poytaxtidagi Maksim Gorkiy, Shota Rustaveli, Hamid Olimjon, Sharof Rashidov, Lal Bahadur Shastri, Botir Zokirov, Buxorodagi Xoʻja Nasriddin Afandi haykallari muallifi hisoblanadi.
Ijodkor qator arxitektura-haykaltaroshlik ansambllari, jumladan, yulduzlar mavzusidagi Ona Zamin, Ikar, Ulugʻbek, Tsiolkovskiy, Qirolicha, Gagarin hamda kosmonavt, ikki karra Sovet Ittifoqi qahramoni Vladimir Jonibekov byusti kompozitsiyasi ustida ishladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala