Qirg‘iziston bosh vaziri O‘zbekiston ko‘rsatadigan yordam haqida gapirdi

© Press-slujba Jogorku KeneshaUlukbek Maripov
Ulukbek Maripov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.04.2021
Obuna bo‘lish
Ulukbek Maripov O‘zbekiston mamlakatga qanday yordam ko‘rsatganligi haqida batafsil gapirdi.
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Qirg‘iziston bosh vaziri Ulukbek Maripov O‘zbekiston va Qozog‘iston qanday yordam ko‘rsatganligini ma’lum qildi.
Facebook᾽dagi jonli efir vaqtida hukumat rahbari mart oxirida O‘zbekistonda, kuni kecha esa Qozog‘istonda bo‘lib qaytganini eslatdi, deya yozadi Sputnik Qirg‘iziston nashri.
Maripovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston ming tonna bug‘doy urug‘ini yordam tariqasida taqdim etadi. Yarmini bepul, qolgan yarmini esa qirg‘iz tomoni bug‘doy tariqasida qaytaradi. Shuningdek, O‘zbekiston hukumati 500 tonna paxta urug‘ini ajratgan. Uning yarmini o‘z vaqtida paxta shaklida qaytarib berish kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, Toshkent Bishkekka 10 ming tup ko‘chat hadya qilgan.
Na raskroynom uchastke tekstilnogo predpriyatiya v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.04.2021
O‘zbekiston Qirg‘izistonda tikuvchilik fabrikasini ochadi
Maripov Qozog‘iston kam ta’minlangan oilalar uchun 10 ming tonna un berishini ta’kidlagan. Shuningdek, 1 tonna kuzgi bug‘doy urug‘ini bergan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Qirg‘izistonga bug‘doy va paxta urug‘larini yetkazib berishi xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0