Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Migratsiya

Rossiyadagi migrantlarga boʻlishini qonuniylashtirishga imkon beruvchi qonun ishlab chiqilmoqda

© Sputnik / Mixail Golenkov / Fotobankka oʻtishMigrantы
Migrantы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.04.2021
Bu qonun loyihasi Rossiyaning davlat migratsiya siyosati koptseptsiyasi doirasida ishlab chiqilmoqda.
TOSHKENT, 4 apr — Sputnik. Rossiya IIV chet elliklarga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga, ilgari yoʻlga qoʻygan huquqbuzarliklariga qaramasdan, mamlakatda boʻlishini qonuniylashtirishga imkon beruvchi qonun loyihasini ishlab chiqmoqda.
Hujjat bilan alohida holatlarga tushib qolgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning boʻlib turish tartibi va shart-sharoiti belgilanadi.
“Yangi federal qonun kuchga kirgan sanada Rossiya Federatsiyasi migratsiya sohasidagi belgilangan talablarni buzgan barcha shaxslarga muayyan vaqt ichida oʻz huquqiy maqomini tartibga solish imkoniyatini berish taklif etilmoqda”, - deyilgan TASS xabarida.
Nachalnik Glavnogo upravleniya po voprosam migratsii MVD RF general-leytenant Valentina Kazakova - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.03.2021
Migratsiya
Migrantlarga doir yangi qonun loyihasi tayyorlandi
Nashr manbasi bunday migrantlarga nisbatan maʼmuriy chora koʻrilmasligi, ilgari qoʻllanganlari esa qonun kuchga kirishi bilan bekor qilinishini qoʻshimcha qilgan.
Taʼkidlanishicha, qonun loyihasi mamlakatning davlat migratsiya siyosati koptseptsiyasi doirasida ishlab chiqilmoqda. Qonun loyihasi kontseptsiyasi hukumat tomonidan maʼqullangan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rossiyada uncha katta boʻlmagan qonunbuzarlik uchun qonunga rioya qiluvchi migrantlarni mamlakatdan chiqarib yuborishdan himoya qiladigan hujjat ustida ish olib borilayotgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala