Rossiyadagi migrantlarga bo‘lishini qonuniylashtirishga imkon beruvchi qonun ishlab chiqilmoqda

© Sputnik / Mixail Golenkov / Mediabankka o‘tishMigranti
Migranti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.04.2021
Obuna bo‘lish
Bu qonun loyihasi Rossiyaning davlat migratsiya siyosati kopsepsiyasi doirasida ishlab chiqilmoqda.
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Rossiya IIV chet elliklarga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, ilgari yo‘lga qo‘ygan huquqbuzarliklariga qaramasdan, mamlakatda bo‘lishini qonuniylashtirishga imkon beruvchi qonun loyihasini ishlab chiqmoqda.
Hujjat bilan alohida holatlarga tushib qolgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning bo‘lib turish tartibi va shart-sharoiti belgilanadi.
“Yangi federal qonun kuchga kirgan sanada Rossiya Federatsiyasi migratsiya sohasidagi belgilangan talablarni buzgan barcha shaxslarga muayan vaqt ichida o‘z huquqiy maqomini tartibga solish imkoniyatini berish taklif etilmoqda”, - deyilgan TASS xabarida.
Nachalnik Glavnogo upravleniya po voprosam migratsii MVD RF general-leytenant Valentina Kazakova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.03.2021
Migrantlarga doir yangi qonun loyihasi tayyorlandi
Nashr manbasi bunday migrantlarga nisbatan ma’muriy chora ko‘rilmasligi, ilgari qo‘llanganlari esa qonun kuchga kirishi bilan bekor qilinishini qo‘shimcha qilgan.
Ta’kidlanishicha, qonun loyihasi mamlakatning davlat migratsiya siyosati kopsepsiyasi doirasida ishlab chiqilmoqda. Qonun loyihasi konsepsiyasi hukumat tomonidan ma’qullangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada uncha katta bo‘lmagan qonunbuzarlik uchun qonunga rioya qiluvchi migrantlarni mamlakatdan chiqarib yuborishdan himoya qiladigan hujjat ustida ish olib borilayotgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0