Sport

Yana toʻrt nafar oʻzbekistonlik bokschi Tokio Olimpiadasiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi

© PhotoxpressBoks, bokserskiye perchatki
Boks, bokserskiye perchatki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.04.2021
Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarida 11 nafar bokchi Oʻzbekiston sharafini himoya qiladi.
TOSHKENT, 4 apr — Sputnik. Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasining yana toʻrt vakili Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanmaga ega chiqdi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi xabar bermoqda.
Boks boʻyicha jahon litsenzion musobaqasini bekor qilgani sabab yoʻllanmalar qitʼalar kesimida sportchilarning reytingdagi pogʻonasiga qarab taqsimlangan.
Boy za titul chempiona mira po versii WBA mejdu Murotjonom Axmadaliyevыm i Ryosuke Ivasы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.04.2021
Sport
Oʻzbek bokschilari dunyoda tengsiz ekanliklarini yana bir bor namoyish etishdi
Unga koʻra Oʻzbekiston terma jamoasi vakillaridan Fanat Qahramonov (-75 kg) va Dilshod Roʻzmetov (-81 kg), ayollardan Rayhon Qodirova (-60 kg) va Shahnoza Yunusova (-69 kg) Olimpiada yoʻllanmalariga ega boʻlishgan.
Shu tariqa, Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarida 11 nafar bokschi Oʻzbekiston sharafini himoya qiladi. Bular Shahobiddin Zoirov, Mirazizbek Mirzaxalilov, Elnur Abduraimov, Bobousmon Baturov, Fanat Qahramonov, Dilshod Roʻzmetov, Sanjar Tursunov, Bahodir Jalolov, Tursunoy Rahimova, Rayhon Qodirova va Shahnoza Yunusova.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala