Jamiyat

“Aeroflot” yakshanba kuni birinchi Toshkent-Moskva muntazam reysini amalga oshiradi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Fotobankka oʻtishSamolet Airbus A320 aviakompanii "Aeroflot"
Samolet Airbus A320 aviakompanii Aeroflot - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.04.2021
Bu reysdan hamma Oʻzbekiston fuqarolari va Oʻzbekistonda yashash uchun guvohnomaga ega boʻlgan xorijliklar foydalanishlari mumkin.
TOSHKENT, 5 apr — Sputnik. “Aeroflot” aviakompaniyasi 11 aprel, yakshanba kuni Toshkentdan Moskvaga (SU1891 reysi) birinchi muntazam parvozni amalga oshiradi.
Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi konsullik boʻlimining aniqlik kiritishicha, bu reysdan hamma Oʻzbekiston fuqarolari va Oʻzbekistonda yashash uchun guvohnomaga ega boʻlgan xorijliklar foydalanishlari mumkin.
Taʼkidlanishicha, Toshkent-Moskva yoʻnalishida parvoz etishda davom etayotgan qolgan reyslar charterligicha qoladi. Ularga chipta xarid qilish uchun Rossiyaga kirish uchun asos boʻlishi lozim.
Studentы, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.04.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonlik talabalarga Rossiyaga qaytishlariga ruxsat berildi
Konsullik Rossiya hukumatining 2021 yil 31 martdagi 814-sonli farmoyishi bilan Oʻzbekiston muntazam parvozlar tiklangan mamlakatlar roʻyxatiga kiritilganini eslatgan.
Oʻz navbatida, Oʻzbekiston TIV 2021 yil 1 apreldan boshlab Rossiyaga havo oʻtish punktlari orqali kirish boʻyicha belgilangan cheklovlar Oʻzbekiston fuqarolariga tatbiq etilmasligi borasida maʼlumot berdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala