Dunyoda

Dubayda intim-fotosessiyada ishtirok etgan 40 kishi hibsga olindi

© Sputnik / Vladimir Vyatkin / Fotobankka oʻtishGoroda mira. Dubay
Goroda mira. Dubay - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.04.2021
Dubayda yalangʻoch holda suratga tushgan rossiyalik ayollar hibsga olindi
TOSHKENT, 5 apr — Sputnik. Dubai Marina kurort maskanidagi koʻp qavatli binolardan birining balkonida intim-fotosessiya uyushtirildi. Unda ishtirok etgan 40 nafar kishi, shu jumladan 8 nafar rossiyalik ayol hibsga olindi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya bosh konsulligiga asoslanib xabar qildi.
"Hozir Dubay politsiyasidan toʻliq maʼlumotni kutmoqdamiz. Rossiya Federatsiyasining 8 nafar fuqarosi hibsga olindi, shu jumladan fotosessiya tashabbuskori hibsga olingan 40 kishi orasida. Ular yordam uchun Bosh konsullikka murojaat qilishdi, ammo bu yerda biron bir narsa qilish qiyin, modda juda jiddiy - axloqsiz harakatlarda qatnashish", - dedi agentlik suhbatdoshi.
Jenskiye ruki v naruchnikax - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.01.2021
Hodisalar
Toshkentda bir ayolni Dubayga fohishalikka yuborayotgan egizaklar qoʻlga olindi
Fotosessiya ishtirokchilari olti oygacha ozodlikdan mahrum qilinishi va BAAning besh ming dirhami (taxminan 1390 dollar) miqdorida jarimaga tortilishi mumkin. Tashkilotchiga bir yarim yilgacha qamoq va 50 ming dirham (taxminan 14 ming dollar) jarima solinishi mumkin.
Fotosessiya ishtirokchilari Ramazon oyi boshlanishi munosabati bilan avf etilishi mumkin, deb maʼlum qilishdi bosh konsullikda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala