Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Siyosat

Kamilov eronlik hamkasbi bilan muzokaralar oʻtkazdi

© MID UzbekistanaMinistr inostrannыx del Respubliki Uzbekistan Abdulaziz Kamilov provel vstrechu s Ministrom inostrannыx del Islamskoy Respubliki Iran Muxammadom Djavadom Zarifom, pribыvshim v g.Tashkent s vizitom
Ministr inostrannыx del Respubliki Uzbekistan Abdulaziz Kamilov provel vstrechu s Ministrom inostrannыx del Islamskoy Respubliki Iran Muxammadom Djavadom Zarifom, pribыvshim v g.Tashkent s vizitom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.04.2021
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri eronlik hamkasbi Muhammad Javod Zarif bilan uchrashdi.
TOSHKENT, 5 apr — Sputnik. Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatga tashrif buyurgan eronlik hamkasbi Muhammad Javod Zarif bilan uchrashuv oʻtkazdi.
TIV xabariga koʻra, tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning holati hamda istiqbollarini muhokama qilgan.
Vazirlar barcha darajalarda konstruktiv muloqotni davom ettirish zarurligini taʼkidladi.
Muzokaralarda ikki davlatning xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi oʻzaro munosabatlariga alohida eʼtibor qaratildi.
“Oʻzaro savdo hajmini koʻpaytirish va savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan mintaqalararo transport-logistika loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi”, - deyilgan xabarda.
Muloqotda Afgʻoniston masalasi boʻyicha ham fikr almashildi. Eron tomoni Oʻzbekistonning Afgʻonistonni ijtimoiy-iqtisodiy tiklash maqsadida toʻgʻridan-toʻgʻri afgʻonlararo muzokaralarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash yuzasidan olib borayotgan amaliy ishlarini yuqori baholagan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekistonga kelgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala