Kelajak yangilikka intilganniki – Sardor Umurzakov

© Press-slujba MIVT UzbekistanaZamestitel premyer-ministra, ministr investitsiy i vneshney torgovli Uzbekistana Sardor Umurzakov
Zamestitel premyer-ministra, ministr investitsiy i vneshney torgovli Uzbekistana Sardor Umurzakov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2021
Obuna bo‘lish
Koronavirus pandemiyasi smart texnologiyalar, buyumlar interneti va sun’iy ong kabi texnologiyalarni rivojlantirib 4-sanoat revolyutsiyasiga olib kelishi mumkin - Umurzakov.
TOShKENT, 5 apr – Sputnik. Kelajak yangilikka intilganniki, dedi O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzakov “Innoprom – 2021” xalqaro ko‘rgazmasi ochilish marosimida.
“Kelajak – zamonaviy bo‘lishga harakat qilgan, zamon talabini tushungan va yangilikni qabul qila oladigan hamda joriy eta oladiganlarniki”, - dedi Umurzakov.
Vazir ta’kidlashiga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi va u tufayli kritilgan cheklovlar kontaktsiz iqtisodni rivojlantirdi va ushbu o‘zgarishlar 4-sanoat revolyutsiyasiga olib kelishi mumkin. Bu - smart texnologiyalar, buyumlar interneti va sun’iy ong kabi texnologiyalarni nazarda tutadi.
Shu sababli ham O‘zbekistonda innovatsion texnologiyalarni har sohaga joriy etishga katta e’tibor qartilmoqda, dedi vazir.
So‘z boshida Sardor Umurzakov “Innoprom 2021” ko‘rgazmasini Toshkentda o‘tkazishni taklif qilgan Rossiya sanoat va savdo vazir Denis Manturovga minnatdorlik bildirdi.
Shuningdek, ko‘rgazmaga tashrif buyurgan Qozog‘iston, Belarus, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon vazirlariga minnatdorlik bildirdi.
Undan tashqari Rossiyaning Nijniy Novgorod va Ulyanov viloyatlari gubernatorlariga hamda yana 11ta viloyatdan kelgan vakillarni qutladi.
Ma’lumot uchun, Rossiya va O‘zbekiston hamkorligida tashkil qilingan ko‘rgazmada 20ta davlatdan kelgan 300 dan ortiq kompaniyalarning 1100 dan ortiq vakillari ishtirok etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0