Hodisalar

Namanganda maxsus bogʻchada issiq suvdan kuygan olti yoshli bola vafot etdi

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishEmblema Mejdunarodnoy organizatsii Krasnogo kresta na avtomobile "skoroy pomoщi"
Emblema Mejdunarodnoy organizatsii Krasnogo kresta na avtomobile skoroy pomoщi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.04.2021
U.H. 2019 yil 27 fevralidan mazkur bolalar bogʻchasida aqliy rivojlanishning orqada qolishi tashxisi bilan tarbiyalanayotgan boʻlgan.
TOSHKENT, 5 apr — Sputnik. Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi maxsus bogʻcha tarbiyalanuvchisi qattiq kuyish oqibatida vafot etdi.
Viloyat prokuraturasi xabariga koʻra, hodisa tumandagi 31-sonli koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasida 2021 yil 5 fevral kuni roʻy bergan. Olti yoshli U.H. issiq suv joʻmragini ochib yuborgan va ehtiyotsizligi oqibatida 2-darajali 65 foiz kuyish tan jarohati olgan. Natijada u viloyat koʻp tarmoqli bolalar shifoxonasiga yotqizilgan.
U.H. 2019 yil 27 fevralidan mazkur bolalar bogʻchasida aqliy rivojlanishning orqada qolishi tashxisi bilan tarbiyalanayotgan boʻlgan. Bolakay kuyish oqibatida 24 fevral kuni vafot etgan.
Novыy detskiy sad otkrыli v Sergeliyskom rayone Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.01.2021
Hodisalar
“Oʻlik jonlar” ortidan 983,5 mln soʻmni oʻmargan bogʻcha mudirasining kirdikorlari fosh boʻldi
Namangan viloyat STEBning 24 fevral kungi 70-sonli xulosasida marhum U.H.ning oʻlimi qaynoq suvdan bosh, yuz va tananing boshqa qismlari 2, 3-darajali 70 foiz kuyishi asorati natijasida poliorgan yurak qon-tomir yetishmovchiligi natijasida yuz bergani va murda tanasida kuyishdan boshqa tan jarohatlari aniqlanmagani koʻrsatilgan.
Xabarda bildirilishicha, mazkur holatga tergov yoʻli bilan baho berish zaruriyati tugʻilgan. Shu bois Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi (Kasb yuzasidan oʻz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik odam oʻlishiga sabab boʻlsa), 207-moddasi 1-qismi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa)bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatgan.
Viloyat prokuraturasi tergov harakatlarini olib bormoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala