Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Jamiyat

Oʻzbekistonda qamoqxonalar faoliyati bosqichma-bosqich raqamlashtiriladi

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishKolyuchaya provoloka
Kolyuchaya provoloka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.04.2021
Mahkumlarni “elektron nazorati”ni taʼminlovchi axborot texnologiyalari joriy etiladi.
TOSHKENT, 5 apr — Sputnik. Oʻzbekistonda jazoni ijro etish muassasalari faoliyati bosqichma-bosqich raqamlashtiriladi. Bu 26 mart kuni prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan “Jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonda aytilgan.
Farmon bilan tasdiqlangan “Yoʻl xaritasida” joriy yil 10 may kuniga qadar Hukumatning tegishli qonun loyihalarini ishlab chiqish topshirilgan.
Unga koʻra mahkumlarni “elektron nazorati”ni taʼminlovchi axborot texnologiyalarini joriy etgan holda muassasalar faoliyatini raqamlashtirish rejalashtirilmoqda.
Xususan:
xodimlarning personal videoregistrator (bodikamera) bilan xizmatni oʻtash tartibini tatbiq etish;
mahkumlarning jazoni oʻtash tartibini buzish holatlarini aniqlash maqsadida kuzatish va mustaqil nazorat qilish imkoniyatiga ega intellektual kameralar (“Smart”) tizimini muassasalarga oʻrnatish;
taqiqlangan buyumlarni olib kirish holatlarini aniqlash va oldini olish maqsadida muassasalarning nazorat oʻtish joylarida bodiskanerlarni oʻrnatish;
jazoni oʻtash jarayonida mahkumning xulq-atvori va shaxsi haqidagi “axborot portreti”ni tuzish va ozodlikka chiqishidan 2 oy oldin yashash joyi boʻyicha hududiy ichki ishlar organlariga xabar berish imkoniyatini beruvchi yagona elektron tizimni yaratish.
Chora-tadbirlarni amalga oshirishning dastlabki muddati 2021-2023 yilllar belgilangan. Ichki ishlar vazirligining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala